Epidemiologik nazorat kuchaytiriladi

26.06.2018, 12:02

Epidemiologik nazorat kuchaytiriladi

Shu yilning 23 iyun kuni “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik tarqalishiga qarshi kurashish va shifoxona ichki infeksiyalarini profilaktika qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

O‘z nomi bilan aytib turibdiki, mazkur qaror OIV-infeksiyasini o‘z vaqtida profilaktika va diagnostika qilish, bemorlarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirish, ularni statsionarda davolash ko‘lamini kengaytirishga xizmat qiladi.

Qarorga binoan qon orqali yuqadigan infeksiyalarni profilaktika qilish sohasidagi davolash-profilaktika muassasalarining faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy baza yanada takomillashtiriladi. Epidemiologik nazoratni, respublikada OIV-infeksiyasi tarqalishi va shifoxona ichki infeksiyalarining profilaktikasi nazorat qilinishini kuchaytiriladi. Shuningdek, davolash-profilaktika muassasalarini test-tizimlar va retrovirusga qarshi preparatlar bilan uzluksiz ta’minlash, shuningdek, respublikada OIV-infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha tadbirlarni barqaror moliyalashtirish maqsadida budjetdan ajratiladigan mablag‘lar miqdori bosqichma-bosqich ko‘paytirib boriladi.

 Mazkur qarorning O‘zLiDeP uchun ahamiyati unda tibbiy asboblarni sterilizatsiya qilish va tibbiyot chiqindilarini utilizatsiya qilish funksiyalarini xususiy tuzilmalarga berish orqali davlat tibbiyot muassasalarida davlat-xususiy sheriklikni bosqichma-bosqich joriy etish nazarda tutilayapti. Zero, partiya inson salomatligi, hozirgi davr tibbiyotining yangi yutuqlariga tayangan holda dunyoda ilg‘or o‘rinlarga intilayotgan O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash rivoji va xususiy kapitalni jalb qilgan holda aholiga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish sohasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish, umr uzoqligini ta’minlash yo‘lida kurashadi.

Shuni alohida ta’kidash kerakki, qarorda ko‘rsatilganidek, tibbiyot muassasalarida davlat-xususiy sheriklikni bosqichma-bosqich joriy etilishi davlat sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan ko‘rsatilayotgan keng turdagi tibbiyot xizmatlarini sifat jihatidan yuksaltirish va yanada to‘ldirishga xizmat qiladi.

Maxfuza Hamroyeva,

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi a’zosi,

Navoiy viloyati “Ona va bola sikriningi”

markazi direktori

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1750
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Ro'yhatga o'tish

Bildirilgan fikrlar

O’zLiDeP Жиззах вилоят Кенгаши Олим Норжигитов2018-06-27 12:37:35

Президентимизнинг “Одамнинг иммунитет танқислиги вируси келтириб чиқарадиган касаллик тарқалишига қарши курашиш ва шифохона ички инфекцияларини профилактика қилиш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги қарори ОИВ-инфекциясини ўз вақтида профилактика ва диагностика қилиш, беморларга тиббий-ижтимоий ёрдам кўрсатиш сифатини ошириш, уларни стационарда даволаш кўламини кенгайтиришга хизмат қилади.


Бегматова Зухра Сирдарё вилоят Кенгаши Кадрлар бўйича инспектор2018-06-27 08:48:09

Президентимиз томонидан қабул қилинаётган барча қарорларнинг заминида инсон қадр-қиммати, саломатлиги ётади. Бу қарор ҳам айнан шундай. Партиямиз олдига ушбу қарор жудда катта ёндошувни, масъулятни юкламоқда. Хар қандай қарор ижросини таъминлашда хар бир фуқаро, партия вакллари бирдек масъул бўлишимиз зарурдир.


Fikringizni qoldiring

+