“Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmati tadbirkorga nima beradi?

02.07.2018, 17:45

“Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmati tadbirkorga nima beradi?

Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyat amalga oshirilganda davlat organlariga “Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmatida nazarda tutilmagan ma’lumot va hujjatlarni talab qilish man etiladi.

Joriy yilning 29 iyun kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori bilan ushbu tizim joriy etilmoqda.

Qarorga ko‘ra Davlat bojxona qo‘mitasining veb-saytida tovarlarning bojxona chegarasi orqali harakati rejimini tartibga soluvchi barcha normativ hujjatlar, tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur bo‘lgan hujjatlar, har bir tovarga mos ravishda bojxona bojlari stavkalari, ushbu hujjatlarni beruvchi organlar to‘g‘risidagi batafsil axborotni, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun boshqa ma’lumotlarni real vaqt rejimida bepul asosda olish imkonini beradigan “Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmati joriy etiladi.

Ikki oy muddatda mazkur interaktiv xizmat orqali taqdim etiladigan axborotning, jumladan sanitar-karantin, fitosanitar va veterinar nazorati bo‘yicha, ruxsatnoma berish xususiyatiga ega bo‘lgan boshqa hujjatlarning rasmiylashtirilishi to‘g‘risidagi talablarning to‘liq ro‘yxati shakllantiriladi. Shuningdek, interaktiv xizmati  orqali taqdim etiladigan axborotni o‘z vaqtida yangilab borish bo‘yicha texnologik yo‘riqnomaning, tegishli vazirlik va idoralarning ushbu axborotni o‘z vaqtida yangilab bormaganligi hamda sifatsiz yangilab borganligi uchun javobgarlik ham nazarda tutiladi. Bir so‘z bilan aytganda, “Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmatining uzluksiz ishlashi va axborot xavfsizligi ta’minlanadi.

Aytish kerakki, qarorda aks etgan mazkur normalar O‘zLiDeP dasturida qayd etilganidek, davlat xizmatlari sifatini oshirish, davlat organlarining maksimal qulay ishbilarmonlik muhitini yaratishga xizmat qiladi. Zero, davlat xizmatlarining iqtisodiyot ravnaqiga xizmat qilishi, avvalambor biznesni rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratishga, mamlakat aholisining kundalik ehtiyojlarini hal etishga ko‘maklashadi.

Shu bilan birga qarorda 2018 yil 1 sentyabrdan chegara bojxona postlarida bojxona organlari tomonidan bojxona nazorati o‘tkazilganda veterinar, fitosanitar, ekologik va sanitar-epidemiologik nazorat ham amalga oshiriladi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, bu avvalo aholini sifatli, kafolatlangan mahsulotlar bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

Olim Jumayev,

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi a’zosi 

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1148
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Ro'yhatga o'tish

Bildirilgan fikrlar

Ю.Салимов Косон туман кенгаши ижрочи котиби2018-07-03 12:28:58

Божхона тизимида жорий этиладиган янги тизим тадбиркорларимиз учун енгилликлар яратиб қулай ишбилармонлик муҳитини яратишга хизмат қилади.


Yazdon Toshonov O'zLiDeP Kattaqurg'on tuman Kengashi raisining birinchi o'rinbosari ,apparat rahbari.2018-07-03 10:04:47

Bojxona tizimida bulayotgan o'zgarashlar eksporter tadbirkorlarimiz uchun engilliklar yaratadi deb ishonch bildirib qolamiz.


Олимжон Мовланов - Қашқадарё вилоят Кенгаши Сиёсий таълим маркази раҳбари2018-07-02 18:12:04

“Интеграциялашган тариф” интерактив хизмати орқали эндиликда тадбиркорларимизга янада кенг имкониятлар бериши шубҳасиздир. Экспортни тубдан ошириш бугунги иқтисодиётимизнинг бош омили ҳисобланади. Божхона тизимида жорий этиладиган янги тизим ўйлайманки тадбиркорларимизни мамнун этади.


Fikringizni qoldiring

+