Yakka tartibdagi tadbirkorlar 2023 yil 1 iyulgacha barcha turdagi soliqlardan ozod etildi

19.07.2018, 17:31

Yakka tartibdagi tadbirkorlar 2023 yil 1 iyulgacha barcha turdagi soliqlardan ozod etildi

Prezidentimizning joriy yil 14 iyul kuni “Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, endilikda   aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari tijorat banklaridan garov ta’minotisiz kredit oladi va qishloq joylarda hizmat ko‘rsatishni tashkil etgan tadbirkorlar 5 yilgacha barcha turdagi soliqlardan ozod etiladi.

Mazkur hujjatning yana eng muhim jihati shundaki, bundan buyog‘iga ishsiz shaxslarga, mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarga, turmushida og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, kam ta’minlangan oila a’zolariga va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga garov ta’minotisiz eng kam ish haqining 100 baravari miqdoridan oshmagan hajmda mikrokreditlar ajratiladi. 

Birinchi marta mikrokredit olgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uni olgan sanadan boshlab 6 oy mobaynida qat’iy belgilangan soliq to‘lashdan ozod etiladi. 

Qishloq tumanlarida (bundan aholi soni 5 ming kishidan ko‘p bo‘lgan aholi punktlari mustasno) sartaroshxona xizmatlarini, yakka tartibdagi buyurtmalar bo‘yicha kiyim tikish xizmatlarini, poyabzal ta’mirlash xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni tashkil etgan, shuningdek, jamoat hammomlarini tashkil etgan yakka tartibdagi tadbirkorlar 2023 yil 1 iyulgacha barcha turdagi soliqlar to‘lashdan ozod etildi.

Qodir ShOYIMOV,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

                                                                                    Kengashi bo‘limi mudiri

***

Turmushida og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga garov ta’minotisiz eng kam ish haqining 100 baravari miqdorida kredit ajratiladi

Bugungi kunda aholi, xususan, mehnatga layoqatli fuqarolarning salmog‘i oshib borishi qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash va uni oshirishning o‘ziga xos yangi shakllarini topishni taqozo etmoqda. Shu boisdan, bugun mehnat bozoridagi bandlik muammolarini yechish va hal etishga davlat siyosati darajasida keng e’tibor qaratilmoqda.

Kuni kecha Prezidentimiz tomonidan imzolangan “Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada tezlashtirdi. Chunki qarorga muvofiq, aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni takomillashtirish, samaradorligini oshirishga doir “Yo‘l xaritasi” ma’qullandi hamda tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan aholi uchun bir qator qulayliklar yaratilishi, imtiyozlar ajratilishi belgilab berildi.

Mazkur qarorning eng muhim jihati shundaki, qishloq tumanlarida, sartaroshxona xizmatlarini, yakka tartibdagi buyurtmalar bo‘yicha kiyim tikish xizmatlarini, poyabzal ta’mirlash xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni tashkil etgan, shuningdek, jamoat hammomlarini tashkil etgan yakka tartibdagi tadbirkorlar 2023 yil 1 iyulgacha barcha turdagi soliqlar to‘lashdan ozod etiladi. Shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar har bir yollangan xodimga to‘lanadigan qat’iy belgilangan soliqni to‘lashdan ham ozod etiladi.

Yana bir yangilik. Endilikda oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan aholi yuridik shaxs tashkil etmagan holda 3 nafargacha doimiy ishchilarni yollashga, ular bilan mehnat shartnomasi tuzishga, shuningdek, mehnatga layoqatli yoshga to‘lgan boshqa yaqin qarindoshlarini,  jumladan, mehnatga layoqatli yoshga to‘lgan bolalari va nevaralarining er-xotinlarini, mehnatga layoqatli yoshga to‘lgan aka-ukalari va opa-singillarini, ularning er-xotinlarini yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik sub’ekti ishtirokchilari sifatida jalb qilishga haqli.

Eng ahamiyatlisi, kichik tadbirkorlik sub’ektlariga fermer va dehqon xo‘jaliklariga, oilaviy tadbirkorlik sub’ektlariga shaxsiy tomorqa va dehqon xo‘jaliklarida ishlab chiqarishni rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish sohasida, ayniqsa, maishiy, ta’mirlash, ta’lim, tibbiy, axborot-kommunikatsiya va boshqa talab yuqori bo‘lgan sohalarda faoliyat ko‘rsatadigan korxonalar tashkil etish va jihozlash hamda qishloq tumanlarida, ayniqsa, xotin-qizlar o‘rtasida kasanachilikni rivojlantirish maqsadida eng kam ish haqining 500 baravarigacha bo‘lgan miqdorda 3 yillik muddatga, 6 oylik imtiyozli davr bilan mikrokreditlar ajratilishi belgilab berildi.

O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” qarorda aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarida ro‘yxatga olingan ishsiz shaxslarga, mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarga, turmushida og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, kam ta’minlangan oilalarning a’zolariga va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga garov ta’minotisiz eng kam ish haqining 100 baravari miqdoridan oshmagan hajmda mikrokreditlar ajratilishiining belgilab qo‘yilishini ayollarga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor, deb hisoblaydi. Bu kabi g‘amxo‘rliklar natijasida norasmiy mehnat qilayotgan fuqarolarni, ishsizlikdan aziyat chekayotgan opa-singillarimizni kichik biznesga jalb etish jarayonlari yanada kengayadi.

Ta’kidlash lozimki, qarordagi vazifalar ijrosini amalga oshirilishi o‘z navbatida “Har bir oila tadbirkor” dasturi ijrosini samarali ta’minlanishiga hamda jamiyatning asosiy bo‘g‘ini hisoblangan oilalarning farovonligiga erishiladi.

Mazkur qizg‘in jarayonlarda O‘zLiDeP ham o‘zining dasturiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan o‘zining sa’y-harakatlarini yanada jonlantiradi va partiyaviy vositalar orqali qat’iy jamoatchilik nazoratini olib boradi. Eng muhimi, qarorning mazmun-mohiyatini aholi, ayniqsa xotin-qizlar o‘rtasida keng tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini amalga oshiradi.

Nilufar OTAYEVA,

 O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi

Ijroiya qo‘mitasi

ayollar bilan ishlash bo‘limi

etakchi konsultanti

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    18405
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Ro'yhatga o'tish

Bildirilgan fikrlar

Nilufar2022-03-11 21:23:47

Kredit olishni hohlamayman Lexington tadbirkorlik bilan shugillanmoqchiman Menga arenda boyicha yordam beradimi mamlakat?


Shokirjon 2021-06-25 09:38:10

Asalomu alekum biz oilaviy tadbirkormiz bizga krdet bermayapti shu togʻrimi


Azizbek2021-04-26 09:32:57

Haliyam shu qaror oz kuchidami


Begzod2020-12-04 21:58:10

Men paynet ochmoqchiman YATT imtiyozlar bormi paynetdan ozi hechqancha qolmidi soliqlar nega balant


Zarnigor2020-08-15 13:44:19

Assalomu aleykum men ijaraga magazin olib yatt sifatida kiyim kechaklar savdosi bilan shugullanmoqchiman oylik patent tulovi qancha boladi


Abdulloh2020-08-02 15:15:40

Aholiga sut mahsuloti yetkazib berish uchun Zotli Sigir olmoqchiman yakka tartibda tadbirkorlik qilmoqchiman shuning uchun kredit ajratiladimi


Nurbek2020-07-30 23:53:03

Savollarga kim javob beradi


Mirjahon 2020-07-23 10:12:55

Imtiyozli kridit olganman karantin sababli Kriditlarni tolash kechiktirlgan edi, lekin kridit foyiz kopayib boryapt shu togrim Kriditn muzlatishn ilojsi borm Javob uchun oldindan rahmat


Isroiljon2020-07-20 08:28:00

Men tadbirkorlik qilaman oylaviy bozorda shung xech qayerdan kredit ololmayapan iloji bormi kredit olishti


Azamat2020-05-27 15:18:14

Imtiyozli keredit olganman karantin bolganligi sababli qancha vaxtga uzaytrildi


Fikringizni qoldiring

+