MDH sammitida imzolangan hujjatlar tadbirkorlar uchun keng imkoniyatlar yaratadi

04.10.2018, 13:27

MDH sammitida imzolangan hujjatlar tadbirkorlar uchun keng imkoniyatlar yaratadi

Keyingi ikki yilda mamlakatimiz bilan MDH davlatlari o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi muttasil o‘sib bormoqda. Ayniqsa, savdo-sotiq MDH davlatlari hamkorligida muhim o‘rin egallaydi. Prezidentimiz tashabbusi bilan 2017 yil 3 noyabr kuni Toshkentda ilk bor o‘tkazilgan MDH Hukumat rahbarlari kengashi majlisi ham a’zo davlatlar o‘rtasida o‘zaro ishonch va hamkorlikni mustahkamlash, Hamdo‘stlik doirasida yangi, aniq loyihalar ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etdi. Majlisda a’zo davlatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga doir 20 ga yaqin masala ko‘rib chiqildi. 

Shavkat Mirziyoyev bu haqda so‘z yuritar ekan, bojxona tartib-taomillarini imkon qadar soddalashtirish, savdoda mavjud barcha cheklovlarni, jumladan, texnik to‘siqlarni bartaraf etish zarurligini, MDH erkin savdo zonasining to‘laqonli faoliyat yuritishi va o‘zaro bozorlarni shakllantirish, shuningdek, qisqa fursatda Hamdo‘stlik makonida xizmatlar sotish bo‘yicha erkin zonani yaratish muhimligini ta’kidladi.

Mashinasozlik, energetika, elektrotexnikasi, to‘qimachilik, farmatsevtika sanoati va qishloq xo‘jaligida hamkorlikni, jumladan, o‘zaro mahsulot yetkazib berishda "yashil yo‘laklar"dan keng foydalangan holda rivojlantirish muhimligi qayd etildi.

Hududlararo va chegaraoldi hamkorlikni kengaytirish ham muhim ahamiyatga ega. Bu MDH davlatlari va xalqlari o‘rtasida ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Yurtboshimizning 2018 yil 27-28 sentabr kunlari Dushanbe shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashi majlisidagi ishtiroki va sammit doirasida imzolangan hujjatlar O’zLiDeP elektorati bo‘lgan tadbirkorlar va ishbilarmonlar uchun ham katta imkoniyatlar yaratadi. Jumladan, bojxona tartib-taomillarini soddalashtirilishi MDHda erkin savdo zonasining to‘laqonli faoliyat yuritishiga imkon yaratadi, Hamdo‘stlik mamlakatlari o‘rtasida tovar ayirboshlashni, eskport  va import hajmini yanada kengaytiradi.

Qishloq xo‘jaligi sohasida "yashil yo‘laklar"dan keng foydalanish taklifi esa o‘zbek dehqonlari uchun ayni muddao bo‘ldi. Ayniqsa, bog‘dorchilik, uzumchilik yo‘nalishlarida faoliyat ko‘rsatayotgan fermerlarimizning MDH davlatlari bozoriga chiqish imkoniyati kengayadi. Bu esa mamlakatimizda valyuta tushumini ko‘paytirish bilan bir qatorda dehqonning boy bo‘lishi uchun ham muhim omildir.

To‘lqinjon  Fayziyev,

O`zLiDeP Toshkent viloyat

Kengashi raisi v.b.

  • Ko'rildi
    127
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Ro'yhatga o'tish

Fikringizni qoldiring

+