O‘zbekistonda baliqchilik klasterlari tashkil etiladi

09.11.2018, 09:09

O‘zbekistonda baliqchilik  klasterlari tashkil etiladi

Baliqchilik – yetti xazinaning biri. Bu luqmai halolning inson salomatligi uchun ham foydasi katta. Shu bois, keyingi yillarda mamlakatimizda baliqchilik tarmog‘ini jadal rivojlantirish, baliq yetishtirishda zamonaviy va innovatsion usullar keng joriy etilmoqda.

Joriy yil 6 noyabr kuni Prezidentimiz tomonidan imzolangan “Baliqchilik sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori esa mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada jonlantiradi.  

Boisi, qarorga muvofiq, endilikda baliqchilik sohasida to‘liq tizimli ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan baliqchilik klasterlari tashkil etiladi. Klasterning yillik baliq yetishtirish quvvati kamida 50 tonna bo‘lganda, 2019 yil 1 yanvardan uch yil davomida barcha soliqlar va majburiy ajratmalardan ozod etiladi.

Yana bir yangilik. Mazkur hujjatga muvofiq, bundan buyon yangidan tashkil etiladigan sun’iy suv havzalarida baliq yetishtirish loyihalariga intensiv usul va tejamkor texnologiyalar qo‘llanganda, Suv xo‘jaligi vazirligining xulosasi asosida yer uchastkalari ajratiladi. Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutini rivojlantirish uchun 2019 yilda Baliqchilikni rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan 1 mlrd so‘m ajratiladi hamda qaror doirasida Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida intensiv usulda baliq yetishtirishni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha komissiya tashkil qilinadi.

Qarorning yana bir muhim jihati shuki, endilikda uzluksiz suv bilan ta’minlash imkoniyatiga ega sun’iy suv havzalari bo‘lgan baliqchilik xo‘jaliklari bosqichma-bosqich intensiv usulda baliq yetishtirishga ixtisoslashtiriladi.

Shavkat SAFARBAYEV,

O‘zLiDeP Xorazm viloyat

Kengashi raisi

  • Ko'rildi
    2116
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Ro'yhatga o'tish

Bildirilgan fikrlar

Махмудов Жавлон ЎзЛиДеП Юқори Чирчиқ туман Кенгаши ижрочи котиби.2018-11-21 09:45:09

Балиқ етти хазинанинг бири дейишади. Дарҳақиқат балиқчилик соҳасини ривожлантириш, аҳолини ушбу маҳсулотларга бўлган талабини янада кўпроқ қондириш имкониятини яратади.Ҳозирги кунда бозорда балиқнинг ўртача нархи 18-25 минг атрофида.Ушбу қарор билан балиқчилик ривожлантирилар экан маҳсулотнинг нархи пасаяди. Ҳар бир оила жуда бўлмаганда ҳафтада бир марта балиқ истеъмол қилиш имконияти яратилади.


Абдуалим2018-11-07 14:39:15

Бу айни вақтда керакли ва долзарб қарор бўлди. Балиқчилик соҳаси ривожланиши ва балиқчиликни озиқ овқат базаси билан таминлашда уз вақтида қабул қилинди. Менда 20 сотхли интенсив балиқчилик хўжалигим бор. Бу карордан кейин инкубаторни хам ташкил этиб фойдани янада кўпайтирамиз.


Ташанов Яздон ЎзЛиДеП Каттақўрғон туман Кенгаши раисининг биринчи ўринбосари -аппарат раҳбари. 2018-11-07 10:10:52

Бу қарор ўта долзарб деб ҳисоблайман чунки юртимизда балиқчилик соҳасини ривожлантириш учун жуда катта имкониятлар мавжуд.Ушбу қарор бу имкониятлардан фойдаланиш учун кенг йўл очиб беради.


Fikringizni qoldiring

+