Kapital bozorini rivojlantirish bilan yangi agentlik shug‘ullanadi

28.01.2019, 15:23

Kapital bozorini rivojlantirish bilan yangi agentlik shug‘ullanadi

Prezidentimiz tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaror imzolandi.

Qarorda yangi tuzilayotgan agentlikning vazifa va vakolatlari, tashkiliy tuzilmasi belgilab berildi. Unga ko‘ra, agentlikning boshqaruv xodimlari cheklangan soni 90 nafar, shu jumladan, tashkilotning markaziy apparati boshqaruv xodimlari cheklangan soni 50 nafar etib belgilandi.

Ta’kidlash joiz, agentlik O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda mazkur qo‘mita huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazining qimmatli qog‘ozlar bozorini, shu jumladan, qimmatli qog‘ozlar savdosini tashkil etuvchilarni va Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysini tartibga solish, shuningdek, korporativ boshqaruvni rivojlantirish borasidagi barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

Qarorda agentlik zimmasiga bugungi kun talabidan kelib chiqib, qator vazifalar yuklandi. Xususan, ilg‘or xalqaro amaliyotni joriy qilish, ortiqcha to‘siqlar, cheklovlar va sohaning haddan tashqari tartibga solinganligini bartaraf etish orqali fond bozorida rivojlanish maqsadlariga yo‘naltirilgan investitsiyalarni faol moliyalashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha agentlik faol ish olib boradi.

Shuningdek, investorlar uchun jozibador mexanizmlarni joriy qilish hisobiga kapital bozorining kapitallashuvi va raqobatbardoshligini oshirish, bank tomonidan kreditlashning samarali muqobil mexanizmini yaratish, kapital bozorida investitsiyaviy va ishbilarmonlik faoliyatini har tomonlama rag‘batlantirish hamda kengaytirish vazifalari shular jumlasidandir.

Umuman olganda yangi agentlik o‘z vazifa va vakolatlaridan kelib chiqib, mamlakatimizda kapital bozorini rivojlantirish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, banklar va sug‘urta kompaniyalarining bo‘sh mablag‘larini muhim loyihalarga jalb qilish bo‘yicha aniq va maqsadli faoliyat yuritadi. Bu kabi yangicha islohotlarni amalga oshirilishi esa davlat budjeti xarajatlarini bir maromda moliyalashtirish uchun imkoniyatlarni yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

Dilshod ShOUMAROV,

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashidagi

O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi, tadbirkor

  • Ko'rildi
    1317
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Ro'yhatga o'tish

Bildirilgan fikrlar

Асад2019-01-30 04:38:56

Акциядорлик корхоналаринг акцияларини сотиш ва улар кушимча маблагларни жалб килиш учун облигациялар чикариш чет элдан кредит олиш учун ва айнан шу корхона дуне да ухшаш товарлар и/ч уюшмасига аьзо булиш, хар ой дивиденд олиш хисоб ларини электрон матбуотга эьлон килиш янги узимизда и/ч бух стат эконом хисоботларини замонийлаштириш, хуллас жуда куп холатлар купрок ташки ва ички аудит чегараланиб колмасдан истимолчиларнинг эркин бозор яыни урикзор да точкасига эга булиш


Fikringizni qoldiring

+