O‘zbekistonda qurilish materiallari sanoati tizimi tubdan takomillashtiriladi

21.02.2019, 21:29

 O‘zbekistonda qurilish materiallari sanoati tizimi tubdan takomillashtiriladi

Bugungi kunda davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini yanada qisqartirish, qurilish materiallari sanoatini boshqarish tizimining samaradorligini oshirish, mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlashni tashkil etishni rag‘batlantirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turlarini diversifikatsiya qilish va eksport hajmini kengaytirish, tarmoqqa investitsiyalarni jalb qilish borasida ham mamlakatimizda keng ko‘lamdagi islohotlar olib borilmoqda. Bu boradagi ishlarni yanada yuqori bosqichga olib chiqishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 20 fevraldagi “Qurilish materiallari sanoatini tubdan takomillashtirish va kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur qaror bilan “O‘zqurilishmateriallari” AJ o‘rniga O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi tashkil etildi. “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilab berildi.

Xususan, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi a’zolari manfaatlarini ifoda etish va himoya qilishni ta’minlash, shuningdek, qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish bo‘yicha ularga takliflar kiritish;

- yuqori qo‘shilgan qiymatli qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarish, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, shuningdek, ixtisoslashgan yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan qo‘shma ishlab chiqarishlarni tashkil etish bo‘yicha yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni o‘zlashtirish uchun investitsiyalar, birinchi navbatda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etishda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan hamkorlik qilish;

- talab etilayotgan sifatli mahsulot ishlab chiqarish turlarini kengaytirish, ichki bozorni import o‘rnini bosuvchi va raqobatbardosh qurilish materiallari hamda mahalliy ishlab chiqarilgan buyumlar bilan to‘ldirish, shuningdek, tarmoqning eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi a’zolari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;

- hududlarning salohiyatini yanada rivojlantirish istiqbollaridan, xomashyo bazasi, infratuzilmalar, mehnat va boshqa resurslar hamda bozorlarning mavjudligidan kelib chiqqan holda korxonalarni joylashtirishga ko‘maklashish eng asosiy ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.

Qarorga ko‘ra chet el bozorlarining rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish asosida yangi mahsulot turlarini o‘zlashtirish, ichki bozorni mahalliy qurilish materiallari bilan to‘ldirish va ularning eksport geografiyasini kengaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishi belgilab berildi.

Davlatimiz rahbarining mazkur qarori mamlakatimizda qurilish materiallari sanoati tizimini tubdan takomillashtirishga, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turlarini diversifikatsiya qilish va eksport hajmini kengaytirishga, tarmoqqa investitsiyalarni jalb qilishga xizmat qiladi.

Ilyosxon AZIZOV

Xalq deputatlari Mirobod tuman kengashidagi

O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi,

“VIRTEC” MChJ bosh direktorining o‘rinbosari

  • Ko'rildi
    1774
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Ro'yhatga o'tish

Fikringizni qoldiring

+