Prezidentimizning Buxoroga tashrifi chog‘ida belgilab bergan vazifalarini amalga oshirishda astoydil harakat qilamiz

04.04.2019, 17:28

Prezidentimizning Buxoroga tashrifi chog‘ida belgilab bergan vazifalarini amalga oshirishda astoydil harakat qilamiz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida joriy yilning 29-30 mart kunlari Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi.

Prezidentimiz viloyatga tashrifi davomida bir qator yirik loyihalar, yangi tashkil etilgan korxonalarni ko‘zdan kechirib,  tegishli ko‘rsatma va vazifalarni belgilab berdi.

Davlatimiz rahbari 2017 yili Buxoro viloyatiga tashrifi chog‘ida G‘ijduvon tumanidagi sobiq ip-yigiruv fabrikasining bo‘sh turgan ishlab chiqarish maydonlaridan unumli foydalanish, G‘ijduvon erkin iqtisodiy zonasini ushbu hududda joylashtirish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar bergan edi.

Mazkur hududda “Parvoz Humo Ravnaq Trans” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan sobiq fabrikaning 9 gektardan ziyod maydonida qisqa muddatda yirik loyiha – ip-yigiruv korxonasi tashkil etildi.

Davlatimiz rahbari tashrifi doirasida mazkur ip-yigiruv va to‘quv korxonasini ham borib ko‘rdi va o‘zining tegishli ko‘rsatma va takliflarini berdi.

Ushbu viloyatda yirik loyihalarni, qo‘shma korxonalarni tashkil qilishda O‘zLiDeP faollari bo‘lgan tadbirkorlarning ham ishtiroki borligi bizni yanada quvontirmasdan qolmaydi. Quyida partiya faollari bo‘lgan tadbirkor va ishbilarmonlarning fikr-mulohazalari bildirib o‘tilgan.

Nodir Umarov, G‘ijduvon tumanidagi “Parvoz Humo Ravnaq Trans” MJCh ish boshqaruvchisi, O‘zLiDeP faoli:

Fabrikamiz faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun umumiy qiymati 27 million AQSh dollari bo‘lgan Ipoteka bank filialidan ajratilgan kredit evaziga Germaniya, Turkiya, Shveysariya, Yaponiya va Hindistondan zamonaviy uskunalar xarid qilindi. Korxonamiz o‘z mablag‘imiz hisobidan bino va inshootlarni qayta qurib, rekonstruksiya qildik.

Joriy yil yanvarda ishga tushirilgan mazkur korxonamiz yiliga 9400 tonna mahsulot ishlab chiqarish, 5 million dollarlik eksport qilish quvvatiga ega. Xalqaro andozalarga mos sifatli mahsulot ichki bozorga va xorijiy buyurtmachilarga yetkazib berilmoqda. Qariyb 33 milliard so‘mlik ip-kalava sotilib, 1,1 million dollarlik mahsulot Rossiya, Turkiya, Polsha va Moldovaga eksport qilindi. Ayni paytda korxonamiz Turkiyada savdo uyi tashkil etib, mahsulot eksporti bo‘yicha xorijiy sheriklar bilan muzokaralar olib bormoqdamiz. 

Bu loyihamizning birinchi bosqichi bo‘lib, ikkinchi bosqichda ishlab chiqarish quvvatini yanada kengaytirib, eksport yiliga 51 million dollarga, ish o‘rinlari 1 ming 250 taga yetkazishni oldimizga maqsad qilib olganmiz.

Davlatimiz rahbari bizning korxonamizga tashrifi doirasida ishlab chiqarish jarayonini ko‘zdan kechirdi. Yaqinda AQSh O‘zbekiston paxtasini sotib olishga taqiqni bekor qilganini, bu mamlakatimiz paxta yetishtiruvchilarining Amerika bozoriga to‘laqonli kirishiga, xorijiy nufuzli kompaniyalar bilan biznes aloqalarni kengaytirishiga yo‘l ochib berganini ta’kidlab o‘tdilar. Shu bilan bir qatorda paxtamizni chuqur qayta ishlab, qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar eksportini yanada oshirish choralarini ko‘rishimiz zarurligi borasida o‘z ko‘rsatmalarini berib o‘tdilar. Albatta, Prezidentimizning ko‘rsatmalari asosida mahsulotlarimizni turini, sifatini oshirib, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishga, yana qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratishga astoydil harakat qilamiz.

Botir Rajabov, Romitan tumanidagi “BCT Cluster” xorijiy korxonasi bosh direktori, O‘zLiDeP faoli:

Bizning ushbu korxonamiz xorijlik hamkorlar bilan birgalikda ishlab kelmoqda. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan qishloq xo‘jaligida klaster tizimini rivojlantirish borasidagi ko‘rsatmalari asosida mazkur korxonamiz uchun 8 ming gektar yer ajratilgan edi. 3 mingdan ziyod kishi ish bilan ta’minlanib, paxta yetishtirish va uni qayta ishlash yo‘lga qo‘yildi. Birgina 2018 yilda 20 ming tonnadan ziyod xomashyo yetishtirilib, uni qayta ishlash natijasida 61,5 million dollarlik daromad olindi.

E’tiborlisi, korxonamizga dastlab qariyb 75 million dollar investitsiya yo‘naltirilgan edi. Ya’ni sarflangan mablag‘ bir yildayoq o‘zini deyarli oqladi.

Prezidentimiz tomonidan bejizga barcha sohalarni klaster tizimiga o‘tkazish borasida tashabbusni ilgari surmayapti. Mana bizning korxonamiz klaster tizimida faoliyatini yo‘lga qo‘yib, xorijlik hamkorlarimiz bilan zamonaviy texnologiyalar asosida tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydik.

Umuman, klaster paxta xomashyosi yetishtirish, uni qayta ishlab, tayyor mahsulotlargacha bo‘lgan 8 ta loyihani o‘z ichiga oladi. Ip-kalava va mato ishlab chiqarish, ularni bo‘yash, tayyor kiyim tikish fabrikalari qurilishi davom etmoqda. Shuningdek, yog‘-moy zavodi, chorvachilik kompleksi va ozuqa ishlab chiqarish korxonasi tashkil etishni rejalashtirganmiz.

Maqsadimiz kelajakda yana minglab ish o‘rinlarini yaratish, aholi daromadlarini oshirish, mamlakatimiz iqtisodiyotini yuksaltirishdan iborat.

  • Ko'rildi
    896
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Ro'yhatga o'tish

Bildirilgan fikrlar

O‘zLiDeP Бухоро туман Кенгаши раисининг биринчи ўринбосари-аппарат раҳбари Саттор Бафоев2019-04-03 16:45:00

Жорий йилнинг 29-30 март кунлари Президентимизнинг Бухорога ташрифида белгилаб берган топшириқларни бажаришга ситқи дилдан ҳаракат қиламиз.


Ташанов Яздон Самарқанд вилояти Каттақўрғон туман Кенгаши раисининг биринчи ўринбосари аппарат раҳбари2019-04-03 14:12:00

Президентимизнинг Бухорога ташрифи чоғида белгилаб берган вазифалари биргина Бухоро вилояти учун эмас балки барча вилоятлар учун берилган топшириқлар деб қабул қилишимиз керак.


Fikringizni qoldiring

+