“Bir makon, bir yo‘l”: ikkinchi xalqaro forum muhim ahamiyatga ega bo‘ldi

02.05.2019, 09:27

“Bir makon, bir yo‘l”: ikkinchi xalqaro forum muhim ahamiyatga ega bo‘ldi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Pekin shahrida o‘tkazilgan “Bir makon, bir yo‘l” ikkinchi xalqaro forumida ishtirok etishi o‘tgan haftaning mamlakatimiz hayotidagi eng muhim voqealaridan biri bo‘ldi. Yurtboshimizning nufuzli anjumanda so‘zlagan nutqini yuragida Vatan taraqqiyotiga daxldorlik hissi jo‘sh urib turgan barcha vatandoshlarimizgina emas, balki jahon hamjamiyati vakillari ham diqqat bilan kuzatganiga guvoh bo‘ldik.

Forum davomida xalqaro savdo va investitsiya aloqalarini mustahkamlash, yangi transport va logistika yo‘laklari yaratilishini rag‘batlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan loyihalar xususida ko‘p tomonlama va ikki tomonlama muloqotlar ham o‘tkazildi. Aslida davlatimiz rahbari xorijiy safarlarga ajratilgan vaqtning har bir daqiqasidan unumli foydalanishi ko‘pchilik uchun yangilik bo‘lmay qoldi.

Alohida ta’kidlash joizki, ilk bor 2017 yili Xitoy tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumida quruqlik va dengiz yo‘llarini rivojlantirish, ularni o‘zaro bog‘lash orqali davlatlararo hamkorlik mexanizmlarini mustahkamlash masalalari ilgari surilgan edi. Hozirda mazkur tashabbus Osiyo, Yevropa va Afrika qit’alarining 65 mamlakati tomonidan qo‘llab-quvvatlangani, kelgusida unga boshqa davlatlarning ham qo‘shilish niyati borligi global iqtisodiy makon yuzaga kelayotganidan darak bermoqda. Bu esa jahon miqyosida hamjihatlikda barqaror rivojlanishga intilish yildan-yilga kuchayib borayotganidan dalolatdir.

Bugun barchamiz Xitoy tashabbusi bilan BMT, ShHT, Yevropa Ittifoqi, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi kabi xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar hamkorligida amalga oshirilayotgan “Bir makon, bir yo‘l” loyihasi turli mamlakatlarning milliy taraqqiyot strategiyasiga mos kelishi jihatidan butun dunyoda iqtisodiy rivojlanishga keng yo‘l ochib berayotganini yaxshi anglayapmiz. Mazkur forum ishida mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlash, uzoq muddatli taraqqiyotning yangi manbalarini izlab topish borasidagi sheriklikni faollashtirish, “yashil” iqtisodiyot va innovatsiyalarni ilgari surish, ustuvor infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish masalalariga jiddiy e’tibor qaratilgani bejiz emas.

Prezidentimizning anjumandagi nutqi mazmun-mohiyatiga e’tibor qaratar ekanmiz, hozirgi bosqichda yurtimizda olib borilayotgan siyosat negizida ham barqaror rivojlanishga erishishda xalqaro miqyosdagi iqtisodiy hamkorlikning naqadar muhimligini va bu masalaga xalqimiz manfaatlari ro‘yobida qanchalik katta ahamiyat kasb etayotanini yana bir bor his qilamiz.

O‘zbekistonda yetakchi siyosiy kuch bo‘lib kelayotgan O‘zLiDePning dasturiy vazifalari forum maqsadiga hamohang ekanini aytishimiz mumkin. Men bu yerda partiyamizning tanlagan yo‘li – mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish orqali ijtimoiy imkoniyatlarni yanada kuchaytirish hayotiy ehtiyojlarimiz ifodasi ekaniga urg‘u berayotirman. Shu yilning siyosiy ahamiyatidan kelib chiqsak, partiyamizning saylovoldi platformasida yurtimizda barqaror taraqqiyot uchun kuchli iqtisodiy asoslarni yaratishdek ustuvor maqsadimizga asos bo‘ladigan aniq vazifalarni belgilab olish vaqti kelgani yaqqol ayon bo‘ladi. Bunda xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlash, taraqqiyotning yangi manbalarini o‘zlashtirish orqali iqtisodiyot tarmoqlarini kengaytirish, biznes doiralarining salohiyatidan samarali foydalangan holda sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, energetika va qurilish sohalarida resurs tejamkor yondashuvlar va tamoyillarni joriy etish, innovatsiyalarni keng qo‘llash, ichki va tashqi sarmoyalarni jalb qilish barobarida qulay investitsiyaviy muhitni yanada takomillashtirishning zamonaviy mexanizmlarini yaratish davr talabi bo‘lib turibdi.

Dilorom FAYZIYEVA,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi

O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi

  • Ko'rildi
    1060
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Ro'yhatga o'tish

Bildirilgan fikrlar

Носирова Шоира Кармана туман Кенгаши депутати2019-04-29 15:21:23

Форум доирасида давлат раҳбарлари кўп томонлама ўзаро манфаатли алоқаларни янада мустаҳкамлаш, автомобиль, денгиз ва ҳаво йўли орқали алоқаларни ривожлантиришга келишиб олгани қайд этилди. Юксак сифатли, барқарор, инклюзив ва кенг кўламли инфратузилмани тараққий эттириш, иқтисодий йўлаклар ва зоналар фаолиятини ривожлантиришга алоҳида эътибор қаратилди. Лойиҳаларнинг янада барқарор бўлиши, хорижий инвесторлар учун адолатли муҳитарнинг барчаси “Бир макон, бир йўл” лойиҳаси доирасидаги ҳамкорлик давлатимиз равнакига кенг йул очиб беришига аминмиз.


Fikringizni qoldiring

+