O‘zLiDeP nimadan manfaatdor?

31.01.2020, 18:52

O‘zLiDeP nimadan manfaatdor?

Bugun Prezidentimiz Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasiga tashrif buyurib, olimlar, yosh tadqiqotchilar, ishlab chiqarish vakillari va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari bilan uchrashdi va Geologiya fanlari bo‘yicha universitet qurilishiga tamal toshini qo‘ydi.

Nihoyatda muhim tashabbus. Muhimligi shundaki, tog‘-kon sanoati zaxiralari bo‘yicha ayni paytga qadar mamlakatimizning 20 foiz maydoni o‘rganilgan ekan. Bu o‘z navbatida, kelajakda yangi va yirik konlarni ochish istiqbollari mavjudligidan dalolat beradi. Lekin yangi konlar o‘z-o‘zidan ochilib qolmaydi. Buning uchun geologiya sohasiga qishiqishi yuqori bo‘lgan, o‘z kasbini puxta egallagan bilimli mutaxassislar zarur. Qaysi soha bo‘lmasin uning istiqboli yetuk, salohiyatli kadrlarga borib taqalaveradi. Yangi tashkil etiladigan universitet ana shunday kadrlarni yetkazib berishga xizmat qilishiga ishonchimiz komil. Qolaversa, bu mamlakatimizda, ayniqsa, sanoat ahamiyatiga ega mineral xomashyo bazasini rivojlantirish, rudali hududlarni tadqiq qilish, zaxiralarni aniqlash va geologiya-qidiruv ishlariga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish imkonini beradi.

Masalaning ushbu jihati O‘zLiDeP uchun nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi, albatta. Ya’ni mamlakatimizda qanchalik ko‘p sanoat ahamiyatiga ega mineral xom ashyo ishlab chiqarilsa, yurtimiz tadbirkorlarining zarur xom ashyoga bo‘lgan talabi shunchalik ko‘p qondiriladi, import kamayib, mahsulotlarning tannarxi oshib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi.  

Shu ma’noda davlatimiz rahbari tomonidan geologiya-qidiruv ishlariga katta e’tibor qaratilib, sohada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish, geologiyaning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, kadrlar salohiyatini oshirish borasida belgilab berilgan ustuvor va nihoyatda dolzarb vazifalar ijrosi to‘la ta’minlanishida O‘zLiDeP nafaqat mas’ul balki manfaatdordir.

Akbar MUZAFFAROV,

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya

qo‘mitasi bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    642
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Ro'yhatga o'tish

Bildirilgan fikrlar

Meliqulov Ulugbek Farhodvich2020-02-11 22:50:03

O'zbekiston. Bosh. Vazirl.Abdulla.Aripov.Qabuliga.kirishim.uchunyordam.berishingizni.iltimos.qilaman.men.1.сон.NKMK.boshqarmas.1.con.GiMiZi.ishimdi.uzgatirshin.3.yil.danbir.qatnayman.men.Meliqulov.Ulugbek.Ota-Onam.vafot.etga.2.nafar . bor. qarovchiman. Iltimos. yordam. Bering. 942571718


Meliqulov Ulugbek Farhodvich2020-02-11 22:46:26

O'zbekiston. Bosh. Vazirl.Abdulla.Aripov.Qabuliga.kirishim.uchunyordam.berishingizni.iltimos.qilaman.men.1.сон.NKMK.boshqarmas.1.con.GiMiZi.ishimdi.uzgatirshin.3.yil.danbir.qatnayman.men.Meliqulov.Ulugbek.Ota-Onam.vafot.etga.2.nafar . bor. qarovchiman. Iltimos. yordam. Bering. 942571718


Fikringizni qoldiring

+