Mahalla tizimi jamiyatimizning eng muhim va tayanch bo‘g‘ini hisoblanadi

13.02.2020, 11:42

Mahalla tizimi jamiyatimizning eng muhim va tayanch bo‘g‘ini hisoblanadi

Kuni kecha Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida mahalla tizimini takomillashtirish, mahallalarda tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash, jinoyatchilikning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Ushbu yig‘ilishda davlatimiz rahbari mahalla tizimida o‘tgan vaqt mobaynida erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda ushbu tizimdan xalq ham, davlat ham to‘la rozi emasligini, bu sohada kamchilik va dolzarb masalalar ko‘pligini alohida ta’kidladi. Xususan, oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi holatlarning oldini olish bo‘yicha tizim yo‘lga qo‘yilmaganligi, oqibatda ayrim mahallalarda notinch oilalar, huquqbuzarliklar ko‘payganligi, xotin-qizlar va voyaga yetmaganlar orasida o‘z joniga suiqasd qilish holatlari uchrayotgani juda achinarli holat ekanligini tanqid ostiga oldi.

Davlatimiz rahbari tomonidan mahallalarda ushbu to‘planib qolgan muammo va kamchiliklarga samarali yechim topish maqsadida Mahalla va oila masalalari vazirligini tashkil etish taklifi bildirilgani o‘z vaqtida chiqarilgan qaror deb baholash mumkin.

Chunki, Prezidentimiz Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida ham mahalla tizimini o‘zgartirish, “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilini joriy qilish zarurligini bejizga ta’kidlamagan edi.

Mahalla tizimi jamiyatimizning eng muhim va tayanch bo‘g‘ini hisoblanar ekan ushbu tashkil etilgan vazirlik mahallalarda to‘planib qolgan muammo va kamchiliklarga samarali yechim topishga, tinchlik-osoyishtalikni ta’minlashga, jinoyatchilikni barvaqt oldini olishga, aholining dardu-tashvishlarini tinglashga va yechim topishiga xizmat qiladi.

Endilikda “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz”, “Hunarmandchilik” dasturlari doirasida mahallalarga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun arzon kredit mablag‘lari ajratiladi. Bu mablag‘lar hisobiga sartaroshxona, novvoyxona, shuningdek, hunarmandchilik, tikuv, qandolatchilik sexlari, otalar choyxonasi, guzarlar tashkil etiladi.

Shu bilan birga mahalla fuqarolar yig‘inlari ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi va osoyishtalikni ta’minlash, aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish, tomorqalardan unumli foydalanish, yer uchastkalarini noqonuniy egallashning oldini olish, hududni obodonlashtirish kabi masalalar bilan shug‘ullanadi.

Davlatimiz rahbari tomonidan mahalla tizimini tubdan o‘zgartirish borasida belgilab bergan bu kabi aniq vazifalar parlamentda faoliyat yuritayotgan biz deputatlar oldida ham ulkan mas’uliyat yuklaydi. Sababi ushbu vakolatga ega bo‘lishimizda, xalq vakili bo‘lib saylanishimizda albatta, mahallalarda istiqomat qilayotgan fuqarolarimiz, saylovchilarimiz ishonchi borligini bir daqiqa bo‘lsa ham unutmasligimiz kerak.

Bundan buyon Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga saylangan deputatlarimiz mahalla fuqarolar yig‘ini bilan doimiy hamkorlikda ishlash, saylovchilarimizdan kelib tushayotgan muammolarni va murojaatlarni o‘rganish, tegishli tashkilotlar orqali o‘z vaqtida yechim topishi eng asosiy vazifalarimizdan biri bo‘lib qoladi.

 Partiyamiz va uning joylardagi tashkilotlari bilan hamkorlikda xotin-qizlarimizning salomatliklarini ta’minlash, kasalliklarning barvaqt oldini olish, kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarga bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etish, eng chekka qishloqlarda istiqomat qilayotgan va uyda o‘tirgan ishsiz ayollarimizni tadbirkorlikning turli yo‘nalishlariga jalb qilish va bu orqali xotin-qizlarimizning bandligini ta’minlashga astoydil harakat qilamiz.

         Dilbar USMANOVA,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi

O'zLiDeP fraksiyasi a’zosi

  • Ko'rildi
    946
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Ro'yhatga o'tish

Bildirilgan fikrlar

Meliqulov.ulugbek.Farxodovich 2020-05-03 00:23:46

O'zbekiston.Respublikasi.Boshvaziri.Abdulla.Aripov.Nigmatovichga.iltilomos.qilaman.Men.Meliqulov.Ulugbek..men.ota onam.vafotetgan.meni.2 nafar.ukambor.men.ukamniuqutishim.kerak.ishka.kirgishim.kerak uylantirishim.kerak.va.uzim.uylanishim.kerak.Meni.Navoiy..da.ota.onam.xechkim.yodam bermadi.Vertual Qabulxonasi.2017yil.dabirmirjatqilman.2020.men.Abdulla.Aripov.Boshvaziri.Qabuliga.kirishimuch.yordam.berishingizni.iltimos.qilaman.942571718


Fikringizni qoldiring

+