Prezidentimiz farmoni sud-tergov jarayonida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlaydi

01.12.2017, 08:56

Prezidentimiz farmoni sud-tergov jarayonida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlaydi

Kuni kecha e’lon qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni yurtimizda inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat ekanligini aks etgan yana bir hujjatdir.

Farmonda birgina 2017 yilning 10 oyi davomida sudlar tomonidan 191 nafar shaxsga nisbatan oqlov hukmi chiqarilgani, 3511 jinoyat ishi tugatilgani, ammo jinoyat ishlarini tergov qilish va ko‘rib chiqish jarayonida dalillarni to‘plash, mustahkamlash, tekshirish va baholashda qonuniylik va xolislikni ta’minlashga to‘sqinlik qiluvchi huquqiy bo‘shliqlar mavjudligi alohida ta’kidlangan.

Ushbu holatlar fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarning samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, aholining asosli e’tiroziga sabab bo‘lmoqda. Shu bois Farmonda asosiy maqsad sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklariga rioya etish, jinoyat-protsessual va jinoyat-ijroiya qonunchiligini yanada takomillashtirish, qonun ustuvorligi, fuqarolarning qonun oldida tengligi, insonparvarlik, adolatlilik va aybsizlik prezumpsiyasi kabi konstitutsiyaviy prinsiplarning amaliy ro‘yobga chiqarilishini ta’minlashdan iborat bo‘lishi lozimligi qat’iy belgilandi.

Davlat rahbari o‘z Farmonida huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlarining birinchi darajali e’tiborini mazkur talablarga qat’iy va og‘ishmay rioya etish zarurligiga qaratdi. Shuningdek, tergov va sud organlari protsessual qonunchilikni jiddiy buzgan holda yoki noqonuniy uslublar bilan olingan ma’lumotlardan jinoyat ishlari bo‘yicha dalillar sifatida foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida ogohlantirildi.

Bundan tashqari, qonunchilikda mavjud bo‘shliqni hisobga olgan holda, shaxsni noqonuniy ushlab turish, qamoqqa olish, jinoiy javobgarlikka tortish yoki hukm qilishga sabab bo‘lgan, hujjatlar va ashyolarga bila turib yolg‘on ma’lumotlar va boshqa buzib ko‘rsatilgan holatlarni kiritish, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ko‘rsatuvlar berishga majburlash, ish bo‘yicha haqiqiy holatlarni buzib ko‘rsatish orqali dalillarni qalbakilashtirganlik uchun jinoiy javobgarlik kiritilmoqda. Shuningdek, yolg‘on guvohlik va yolg‘on xabar berganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda. 

Farmondagi yana bir progressev norma sifatida, tergov hibsxonalari, vaqtincha saqlash hibsxonalari, maxsus qabulxonalar, ma’muriy qamoqni o‘tash joylarida videokuzatuv vositalarini o‘rnatish topshirilganligidir. 

Endi, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish asosida qonunchilikni hamda jinoyat ishlarini tergov qilish va ko‘rib chiqish uslubiyotini yanada takomillashtirish, sud-tergov faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish, jinoyat ishi bo‘yicha ish yurituvni, jumladan “Elektron jinoyat ishi” tizimini joriy etish orqali optimallashtirish va soddalashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi. 

Farmonda belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida qonunchilikka tegishli tuzatishlar kiritilishi belgilandi. Bu jarayonda O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda O`zLiDePning Saylovoldi dasturi doirasida ko‘zda tutilgan qonunchilik tashabbuslarini tayyorlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish guruhi ham faol ishtirok etadi.

N.MUROTOV,

 O`zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya

qo‘mitasi huzuridagi guruh rahbari

  • Ko'rildi
    2847
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Ro'yhatga o'tish

Bildirilgan fikrlar

Муслим2018-11-11 21:31:55

я человек с инвалидностью 2 группы с детства по состоянию здоровья передвигаюсь с помощью костылей 2009 году приобрел автомобиль мазда 6 1996 года выпуска у гражданина России он меня вел в заблуждение что я как инвалид освобожден от уплаты таможенных пошлин и это подтвердил сотрудник ГТК и я смело купил за 8700 долларов сша но я в течение 5 лет ездил на это авто с разрешительными документами только с транзитными номерамии мне ни один гос орган не дал разрешение на льготного растаможки . и в 2013 году смб мне передал таможенным органам так как я им не даль взятки и мне судили по статьи уголовного кодекса 184 и отбирали мое мотоколяску на меня повесили 59 284 000 сум до сих пор с моей пенсии удерживается 50% ЧТО МНЕ ДЕЛАТЬ Я НЕ ЗНАЮ


Fikringizni qoldiring

+