Prezident e’tiboridan mamnunmiz

18.12.2017, 10:30

Prezident e’tiboridan mamnunmiz

Azatjan Qudaybergenova, Xalq deputatlari Chimboy tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi:

 - Davlatimiz rahbari Qoraqalpog‘istonga tashrifni  bizning Chimboy tumanidan boshlagani barchamizga katta quvonch baxsh etdi.  Prezidentimizning o‘sib kelayotgan yosh avlodning har tamonlama yetuk inson bo‘lib voyaga yetishishida dastavval, maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tubdan yaxshilashga bo‘lgan alohida e’tibor qaratayotgani tumanimizga tashrifini ham aynan bolalar bog‘chasidan boshlaganidan anglash qiyin emas.     

Zero, maktabgacha ta’lim tizimiga alohida e’tibor qaratayotganimiz bejiz emas, dedi Prezidentimiz biz bilan bo‘lgan suhbatida. Yoshlar tarbiyasiga bugundan e’tibor bermasak ertaga kech bo‘lishi mumkin. 

Haqiqatdan ham, kelajak haqida uning poydevori mustahkamligi haqida o‘ylash har birimizning eng oliy vazifasi bo‘lmog‘i kerak.

Prezidentimiz shu yerning o‘zida 50, 100, 150 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasalarining na’munaviy loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.  Ayniqsa, pedagogika kollejini tugatgan yoshlarni qayta tayyorlov kurslariga jalb qilib, ularni maktabgacha ta’lim muassasalariga ishga qabul qilish bo‘yicha bergan topshirig‘i tumanimiz yoshlari uchun katta yangilik bo‘ldi.

Shuningdek, Davlatimiz rahbari Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filialining Chimboy tumanidagi akademik litseyiga ham tashrif buyurdi.  Bu yerda farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish, dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlari ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ichki bozorni mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yuqori sifatli preparatlar bilan to‘ldirish borasida amalga oshiriladigan istiqbolli loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. 

Prezidentimiz tumanimizdagi mazkur soha istiqbolini yuqori baholab, bu borada mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish kerakligini qayd etdi.

Hozirgi kunda tumanimizda «Lanextrakt» qo‘shma korxonasida qizilmiya ildizidan ekstrakt ishlab chiqariladi. Korxonada yiliga 30 ming tonna qizilmiya ildizi qayta ishlanib, 1,3 ming tonna ekstrakt tayyorlanadi. Xitoylik investorlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan korxonada 200 ish o‘rni yaratilgan. 

Bu kabi amaliy ishlarning davomi sifatida Prezidentimiz Qoraqalpog‘iston Respublikasida farmatsevtika plantatsiyalarini tashkil etish va yetishtirish loyihasi bilan ham tanishdi.

Hududda farmatsevtika sanoatini rivojlantirish yo‘nalishida 2018-2019 yillarda qiymati 27 million dollarga teng 17 loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Mazkur loyihalar doirasida 37 turdagi farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqariladi va ularning ma’lum qismi eksport qilinadi.

Prezidentimiz bu galgi tashrifi natijasida ham  tumanimizdagi barcha sohalarda tub islohotlar amalga oshirilishidan darak bermoqda.

Albatta, bu kabi sa’y harakatlar zamirida  aholining farovon turmushi va uning to‘kis hayot keshirishidek ezgu amallar mujassam.  

Har birimiz Davlatimiz rahbari olib borayotgan bunyodkorlik ishlariga ko‘makdosh bo‘lib, yurtimiz ravnaqiga hissa qushishni eng oliy maqsadimiz deb bilmog‘imiz lozim.

Muratbek Tanirbergenov, Nukus shahridagi «Muratbek mebel» xususiy korxonasi rahbari:

- Prezidentimiz o‘zining har bir nutqida yurtimizda tadbirkorlikni rivojlantirish va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida urg‘u berishi va albatta, yaratilayotgan qulayliklar bizni yangidan-yangi marralar tomon ilhomlantiradi. Ayniqsa, davlatimiz rahbarining tadbirkorlikka to‘siq bo‘lish davlat siyosatiga qarshi turish bilan barobar, degan so‘zlari har bir tadbirkorga o‘zgacha g‘urur baxsh etishi bilan birga, zimmamizga katta mas’uliyat yuklaydi.

Davlatimiz rahbarining joriy yilning yanvar oyida Qoraqalpog‘istonga tashrifi chog‘ida bergan topshiriqlarining   ijrosini ko‘rib bugun, har birimizningqalbimizda iftixor tuyg‘usi jo‘sh urmoqda.  Bugun mamlakatimizda tadbirkorlar uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Men ham shu imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan tadbirkor sifatida xalqimiz uchun zarur bo‘lgan mebellarni ishlab chiqarib ularning farovon turmushiga o‘z hissamni qo‘shyotganimdan mamnunman.

Prezidentimizning bu galgi tashrifida ham tadbirkorlarga bo‘lgan e’tibori yuqori darajada. Bu borada  Prezidentimizning Qoraqalpog‘iston Respublikasida ishsizlik darajasi yuqori bo‘lgan aholi punktlari ro‘yxatini shakllantirib, kichik loyihalar tashkil etish uchun tadbirkorlarga 100 milliard so‘mlik kafolatli kreditlar berish mexanizmini ishlab chiqish va joriy etish lozimligini ta’kidladi.

Prezidentimiz Qoraqalpog‘iston Respublikasi faollari bilan ushrachuvida quyidagi fikrlarni alohida ta’kidlab o‘tganidan teran ma’no mujassam: «Eng muhimi, men bu gapni qayta-qayta aytishdan charchamayman, amalga oshirayotgan ishlarimizning natijasini fuqarolarimiz amalda, o‘zlarining kundalik hayotida albatta sezishi kerak. Nega deganda, odamlar ertaga emas, uzoq kelajakda emas, bugun yaxshi yashashni istaydi va bunday istak tabiiy, albatta».

Biz, Prezidentimiz bildirgan yuksak ishonch va imkoniyatlarga javoban albatta, xalqimiz istaklarini qondirish va munosib hayot kechirishini ta’mishlashdek izgu ishlarni sitqi dildan amalga oshiramiz.

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1590
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Ro'yhatga o'tish

Bildirilgan fikrlar

А.Матчанов- O‘zLiDeP Тўрткўл туман Кенгаши депутатлик гурухи рахбари 2018-05-15 16:46:26

Фан ва технологиялар бўйича саммитда Ислом ҳамкорлик ташкилотига аъзо давлатлар ва кузатувчи мамлакатлар, минтақавий ва халқаро ташкилотлар вакилларидан иборат 80 га яқин делегация иштирок этди.


Ш.Қутлумуратов-Тўрткўл туманидаги Тошкент МФЙ қошидаги БПТ раиси2018-05-15 16:07:05

ШҲТ мамлакатлари ўртасидаги транспорт алоқаларининг ривожланишига хизмат қилишини таъкидлади. Саммит якунларига кўра, Остона декларацияси қабул қилинди. Ушбу декларация ШҲТ давлатларинг турли соҳалардаги амалий ҳамкорлигини янада ривожлантириш ва ҳамкорлигини мустаҳкамлашни ҳуқуқий асоси бўлиб хизмат қилади.


Ойбек Хусанов Пахтачи туман Кенгаши депутати2018-05-11 07:22:23

Марказий Осиё мамлакатлари улкан салоҳиятга эга энг йирик минтақавий бозорни шакллантириш ва Марказий Осиё мамлакатларини умумий муаммоларни биргаликда ҳал этишга киришиш учун марказий осиё мамлакатлари биргаликда бир мақсад йўлида бирлашиш орқали эришиши мумкин.


Fikringizni qoldiring

+