Nafaqat tadbirkorlik, balki jamiyat rivojlanishining yangi modeli ilgari surilgan Murojaatnoma

23.12.2017, 13:25

Nafaqat tadbirkorlik, balki jamiyat rivojlanishining yangi modeli ilgari surilgan Murojaatnoma

(O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ma’ruzasidan ilk taasurotlar)

Hozirgina mamlakatimiz rahbari 2018 yilni “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab quvvatlash”  yili deb e’lon qildi.

Bu tadbirkorlar partiyasi bo‘lgan O‘zLiDeP faollari uchun katta quvonch bag‘ishlashi bilan birga zimmamizga juda katta ma’suliyat ham yuklaydi.

Albatta, mamlakatimiz rahbarining chuqur o‘ylangan ushbu g‘oyasi  zamirida juda katta  ma’no yotibdi.

Eng avvalo, tadbirkorlik faolliyati har qanday jamiyatning taraqqiyotini ta’minlovchi lokomotivi, zamonaviy tilda aytganda drayveri ekanini ta’kidlash kerak. Mamlakatmiz tarixida ilk bor bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimiz parlamentiga Murojaatnomasida, qolaversa rahbarimiz ta’biri bilan aytganda “O‘zbekiston taraqqiyoti uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega” deb baholangan 2018 yilga ana shunday nom berilishi sohaga berilayotgan juda katta e’tibordan darak beradi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Ikkinchidan, endilikda ushbu yetakchi sohaga innovatsion taraqqiyot nuqtai-nazaridan yondashish zarurligining bosh g‘oyaga aylanayotgani yurtimiz uchun mutlaqo boshqa sifat darajasidagi rivojlantirish modelini ilgari suradi. Dunyoda o‘z taraqqiyotida keskin rivojlanishga erishgan davlatlar misolida ularning shu darajaga chiqishi innovatsion yondashuvga asoslangan tadbirkorlik asosida amalga oshganligini ko‘plab misollarda ko‘rish mumkin.

Innovatsiya – bu ilm-fan bilan ishlab-chiqarish, ya’ni tadbirkorlikning yig‘indisi, uyg‘unligidir. Ya’ni innovatsion ishlab chiqarishni ta’minlash uchun bir tomondan fan-ta’lim rivoji, ikkinchi tomondan tadbirkorlar faolligi zarur. Ulardan biri bo‘lmas ekan, qolaversa, ular o‘rtasida yaqin hamkorlik bo‘lmas ekan hech qanday innovatsion rivojlanish haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Demak, yilning bunday atalishi, masalaning aynan shu tarzda qo‘yilishi zamirida mamlakatda nafaqat zamonaviy tadbirkorlik faolligini rivojlantirish, balki ilm-fanning rivojlanishiga kuchli turtki berish g‘oyasi  ham yotgani shubhasizdir.

Ushbu yondashuvning yana bir muhim jihati - u yurtimiz tadbirkorlarining zamonaviy ishlab chiqarishni joriy etishda to‘lig‘icha chet el texnologiyalariga bog‘liq bo‘lib qolmasdan, olimlarimiz, tadqiqotchilarimiz ishlanmalariga asoslangan “nou-xau”larga asoslangan holda taraqqiy etishiga keng imkoniyatlar ochadi.

Mamlakat taraqqiyotiga daxldor bunday yangi konsepsiyaning ilgari surilishi global ahmiyatga ega deb bemalol aytishimiz mumkin. Chunki, taraqqiyotning hozirgi bosqichida o‘zining kelajagi to‘g‘risida qayg‘urayotgan davlatlar aynan innovatsion rivojlanishga urg‘u berayotgani bejiz emas. Chunki o‘zida innovatsiyalarga asoslangan tadbirkorlikni rivojlantirmagan davlat boshqa davlatda yaratilgan texnologiyalarga bog‘liq bo‘lib qolishi, siyosatshunoslar tili bilan aytganda, innovatsion rivojlanish yo‘lidan borayotgan davlatlar orqasidan “etib olish” konsepsiyasi asosida (konsepsiya “dogonyayuщego razvitiya”) rivojlanish darajasida qolib ketaverishi dunyo tajribasida ko‘p bor isbotini topgan. Chunki o‘zida innovatsion yangiliklarni yaratgan, uning asosida «nou-xau» ishlab chiqqan davlat uni boshqa davlatga sotmaydi, bunga yo‘l qo‘ymaydi, kerak bo‘lsa qonunlar bilan ta’qiqlaydi. Faqatgina undan yetarlicha foydalanib, “qaymog‘ini” olgandan keyingina bu texnologiyalarni o‘z taraqqiyotida “etib olish” bosqichida bo‘lgan davlatlarga sotadi.

Mana shuning o‘ziyoq taklif etilayotgan yil nomi zamirida qanchalik chuqur ma’no, aslida mutlaqo yangi taraqqiyot modeliga o‘tish asoslari yotganligini yaqqol ko‘rsatadi.

Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida ilgari surilgan mutlaqo yangicha yondashuvlar, xususan, ikki yilgacha tadbirkorlik sub’ektlarini tekshirishga moratoriy o‘rnatilishi, tadbirkorlik sub’ektlarini turli ta’sirlardan himoya qilish borasida ilgari surilgan bir qator tashabbuslar yurtimizda tadbirkorlik faolligini keskin oshishiga olib kelishiga ishonamiz.

Shu tufayli biz ushbu qadamni nafaqat keyingi yilning bosh g‘oyasi sifatida balki mamlakatimiz taraqqiyotida mutlaqo yangicha yondashuv sifatida qabul qilamiz.

Umuman olganda, mamlakatimiz rahbari tomonidan ushbu Murojaatnoma doirasida ilgari surilgan har bir g‘oya, har bir fikr mutlaqo yangi, jasoratli, kerak bo‘lsa revolyutsion g‘oyalar bo‘ldi, deb bemalol ayta olamiz.

Albatta O‘zLiDePning barcha bo‘g‘inlari Prezidentimizning ushbu g‘oyalarini o‘zi uchun muhim chaqiriq sifatida qabul qiladi, har bir aytilgan fikr yuzasidan o‘zining chuqur tahlillarini qilgan holda tegishli xulosalarni chiqarib oladi va o‘z faoliyatini belgilangan vazifalarga mos ravishda tashkil etadi.   

Baxtiyor YAKUBOV,

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi

raisi vazifasini bajaruvchi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1345
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Ro'yhatga o'tish

Bildirilgan fikrlar

Набижон Артиков Каттақўрғон шахар Кенгаши аппарат рахбари2018-05-12 15:27:49

Ўзбекистон Республикаси Президентининг матбуотда эълон қилинган “Қурилиш соҳасида давлат бошқаруви тизимини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги фармони аҳолининг кам таъминланган қатлами учунқулай, арзон, бир ва икки қаватли уйлар қурилгани ахолини кўпдан бери ушалмаган орзуларини ушалишига олиб келмоқда.


Анвар Асроров O‘zLiDeP Пахтачи тумани "Зиёвуддин спорти" МЧЖ БПТ раиси, Туман Кенгаши депутати2018-05-11 07:12:38

Ўзбекистон Республикаси Президентининг матбуотда эълон қилинган “Қурилиш соҳасида давлат бошқаруви тизимини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги фармони аҳолининг кам таъминланган қатлами учун шаҳарлар ва қишлоқ аҳоли пунктларида арзон уй-жойларни қурилиши ва ахолини ўй -жой учун эхтёжини қондирилиши ахолини рози бўлишига сабаб бўлмоқда. Минглаб ана шундай қулай, арзон, бир ва икки қаватли уйлар қурилгани ахолини кўпдан бери ушалмаган орзуларини ушалишига олиб келмоқда.


Қашқадарё вилояти Кенгаши аппарат раҳбари - А.Шеров2018-05-08 18:29:36

Дарҳақиқат иннавиоцион ғоялар ва теҳналогияларга интилиш ва уларни қўллаб қувватлаш, мамлакат хаётига жорий этиш долзарб ва аҳамиятли масаладир. Мазкур соҳалар ривожи бизни иқтисодиёти тараққий этган мамлакатлар билан бир ўринга чиқишимизга имконият яратади.


Қашқадарё вилояти Кенгаши аппарат раҳбари - А.Шеров2018-05-08 18:29:36

Дарҳақиқат иннавиоцион ғоялар ва теҳналогияларга интилиш ва уларни қўллаб қувватлаш, мамлакат хаётига жорий этиш долзарб ва аҳамиятли масаладир. Мазкур соҳалар ривожи бизни иқтисодиёти тараққий этган мамлакатлар билан бир ўринга чиқишимизга имконият яратади.


Даврон Темиров. Бўка туман Кенгаши ижрочи котиби2018-04-29 10:37:38

Мамлакатни ривожлантириш -энг аввало муаммоларни тушунишдан бошланади. Президентимиз томонидан илгари сурилган халқ билан мулоқот тизими муаммоларни аниқлаб уларни ечимини аниқлаш имконини оширмоқда. Мамлакатимизнинг юксалишида бир даражада илгарилаб бораётганимиз боиси шу. Президентимизнинг Фармон ва Қарорлари шу йўл билан халқимизни бугун яхши яшашини таъминлаб бермоқда.Ҳар бир партия аъзоси, фаоли фуқароларимизга буни етказа олиши керак.


Fikringizni qoldiring

+