Prezidentimizning Surxondaryodagi nutqi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolarini yangi tashabbuslarga boshlamoqda

22.01.2018, 20:20

Prezidentimizning Surxondaryodagi nutqi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolarini yangi tashabbuslarga boshlamoqda

Prezidentimizning Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida O‘zLiDeP Boysun tuman Kengashi xodimlari ham ishtirok etdi. Davlatimiz rahbari Sherobod tumanidagi “Yevromed plyus” xususiy diagnostika va davolash markazi xaqida to‘xtalib, mamlakatimizda xususiy tibbiyot rivojiga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasida olis qishloqlar aholisiga ham zamonaviy, yuqori texnologik tashxis quyish va davolash imkoniyati yaratilayotganini e’tirof etdi.

Ta’kidlash kerak, shu kecha kunduzda foydalanishga topshirilgan mazkur tibbiyot muassasasi kompyuter tomografiya, raqamli rentgen, ultratovush tekshiruvi, videogastroskop, videokolpaskop uskunalari bilan jihozlangan. Shuningdek, bemorlarni ultratovush, elektr, magnit, lazer bilan davolash, umurtqa churralarini traksion cho‘zish yo‘llari bilan sog‘lomlashtirish imkoniyatlari mavjud. Agar 182 mingdan ortiq aholi istiqomat qiluvchi Sherobod, qo‘shni Muzrabot, Boysun, Angor, Qiziriq tumanlarida tez va aniq tashxis quyishda zarur bo‘lgan zamonaviy uskunalar yetishmasligini hisobga olsak, mazkur tibbiyot maskani faoliyatining dolzarbligi yana bir karra his etish mumkin. Yurtboshimiz tibbiy sifat darajasini yaxshilash maqsadida mazkur shifo maskani bilan poytaxtimizdagi “Akfa Medlayn” klinikasi o‘rtasida hamkorlikni, tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi.

Prezidentimizning mazkur taklifidan kelib chiqib, Xalq deputatlari Boysun tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari tuman markaziy kasalxonasini ham “Yevromed plyus” xususiy diagnostika va davolash markazi bilan doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, tibbiyot yo‘nalishida ta’lim olayotgan yosh kadrlarni davolash markazida malaka oshirish borasida o‘z tavsiyalarini berishga kelishib olishdi.  

J.TO‘RAYEV,

O‘zLiDeP Boysun tuman Kengashi apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1257
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Ro'yhatga o'tish

Fikringizni qoldiring

+