Prezidentimiz qashqadaryolik faollar bilan bo‘lgan uchrashuvda paxta ekib, gektaridan 17-20 sentner hosil olgandan ko‘ra, meva-sabzavot va uzum yetishtirishga da’vat qildi

29.01.2018, 20:13

Prezidentimiz qashqadaryolik faollar bilan bo‘lgan uchrashuvda paxta ekib, gektaridan 17-20 sentner hosil olgandan ko‘ra, meva-sabzavot va uzum yetishtirishga da’vat qildi

Yoshligimdan tadbirkorlik bilan shug‘ullanaman. Tumanimizda paxtachilikdan ko‘ra mevachilik, uzumchilik va bog‘dorchilik yaxshi daromad berishini yurtboshimiz juda ko‘p bor ta’kidlaydilar. U kishining o‘tgan yilgi tashriflarida bergan ko‘rsatmalari asosida Yakkabog‘ tumanida kuniga 12 tonna sharbat ishlab chiqaradigan meva-sabzavotni qayta ishlash va qadoqlash korxonasi tashkil etdim. Bugungi kunda qayta ishlash seximiz va bog‘imizda 20 ga yaqin yoshlar mehnat qilyapti. Hozirda olma, oshqovoq va sabzi sharbatlari tayyorlab, bozorga chiqarayapmiz. Mahsulotlarimiz xaridorgir, mijozlar soni kun sayin ortib borayapti. Kelgusida uzum, anor, va boshqa sabzavot mahsulotlarini ham qayta ishlab, sharbat tayyorlashni rejalashtiryapmiz.

Muhtaram Prezidentimizning shu yil 28 yanvar kuni korxonamizga tashrif buyurib, biz bilan dildan muloqot qilganlari uchun qalbim quvonchga to‘ldi. Shu yerda 2018-2019 yillarda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash hamda eksport hajmini oshirish bo‘yicha loyihalar taqdimotini ham o‘tkazdik. Men davlatimiz rahbariga kelgusidagi rejalarim haqida so‘zlab berdim. Tabiiy sharbatlarimizga  xorijlikliklarning qiziqishi ortib borayotgani, kelgusida mahsulotimizning eksport hajmini ko‘paytirish borasidagi amaliy ishlarni boshlab yuborganimizni faxr bilan so‘zlab berdim.

Afsuski barcha tadbirkorlik sub’ektlari ham foyda bilan ishlamayapti. Buni Yurtboshimiz viloyatimiz faollari bilan bo‘lgan yig‘ilishda ham ta’kidlab o‘tdilar. Davlatimiz rahbari viloyatimizda o‘z faoliyatini tugatayotgan tadbirkorlik sub’ektlari soni ko‘payib borayotganini tanqid qildilar. U kishi haq: kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlamay va rivojlantirmay turib aholi bandligini ta’minlashning imkoni yo‘q. Paxta ekib, gektaridan 17-20 sentnerdan hosil olgandan ko‘ra, meva-sabzavot, uzum yetishtirish va uni qayta ishlashni ko‘paytirish yaxshi samara berishini Davlatimiz rahbari ham qayta-qayta ta’kidladilar.

Zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu esa bizdan izlanishni, o‘z ustimizda tinmay ishlashni, faoliyatimizga yangiliklarni joriy etishni talab etmoqda. Ishonamanki, yurtboshimiz tomonidan bildirilgan tanqidiy fikrlar  faoliyatimizni davr talablari asosida tashkil etishga yordam beradi, bundan-da samaraliroq ishlab, yangi-yangi loyihalarni amaliyotga tatbiq etishga undaydi.                   

Anzur NORMURODOV,

Yakkabog‘ “Darmon Farm” xususiy  korxonasi  rahbari,

O‘zLiDeP faoli

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1774
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Ro'yhatga o'tish

Bildirilgan fikrlar

Г. Қулмўминова O`zLiDeP Шеробод туман Кенгаши ижрочи котиби.2018-06-22 08:34:34

Президентимиз Олий Мажлис палаталари, сиёсий партиялар ҳамда Ўзбекистон Экологик ҳаракати вакиллари билан видеоселектор йиғилишида “Биз партиялар сафини билимли, ташкилотчи ва ватанпарвар ёш кадрлар билан тўлдиришга аълохида эътибор қаратган эди. Албатта ҳар томонлама етук кадрлар мамлакат тараққиётини белгилаб берувчи асосий омиллардан саналади. Бундай кадрларни тайёрлашда партия туман Кенгашларида истиқболли кадрлар захираси шакиллантириб борилмоқда.


Fikringizni qoldiring

+