Xotin-qizlar manfaatlari himoyasiga qaratilgan farmon faoliyatimizda tayanch bo‘lishiga ishonamiz

03.02.2018, 18:50

Xotin-qizlar manfaatlari himoyasiga qaratilgan farmon faoliyatimizda tayanch bo‘lishiga ishonamiz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mamlakatimizda xotin-qizlarga qaratilayotgan yuksak e’tiborning yorqin namunasi bo‘ldi. Ochig‘i, mazkur yo‘nalishda ayni kunga qadar yo‘l qo‘yilgan mavjud kamchiliklar farmonda alohida e’tiborga olinib, ularning barchasini bartaraf etishda qator chora-tadbirlar belgilanligi ayni muddaodir.

Xususan, Farmonga muvofiq jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatgan, o‘zining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishi va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo‘shgan xotin-qizlarga beriladigan “Mo‘‘tabar ayol” ko‘krak nishoni ta’sis etilishi, oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlari tuzilmalarida o‘smir qizlar va fertil yoshidagi ayollarga zarur maslahatlarni berishga ixtisoslashgan “ayollar maslahatxonalari”ni tashkil etilishi, joriy yilning 1 aprelidan fuqarolar yig‘inlarining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi o‘rniga har bir fuqarolar yig‘inida 1 tadan, oilalar soni 2000 va undan ortiq bo‘lgan fuqarolar yig‘inlarida esa 2 tadan xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassis lavozimining joriy etilishi kabi ezgu va dolzarb vazifalar ijrosi yurtimizda bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni yanda yuqori cho‘qqiga ko‘tarishaga ishonamiz.

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” faollari bilan ish rejamizga muvofiq tumanlarning chekka qishloqlariga xotin-qizlar muammolarini o‘rganish uchun borganimizda, qiynalgan ayollarning uy-joy masalasidagi murojaatlariga juda ko‘plab duch kelamiz. Ushbu murojaatlarni partiyamiz deputatlik guruhlari orqali hal etishga harakat qilib kelyapmiz. Ma’lumki, 2017 yilda uy-joyga muhtoj, nogironligi bo‘lgan 1207 nafar ayolga arzon uy-joylar ajratildi. Endilikda mana shunday keng ko‘lamli ishlarning izchil davomi sifatida mazkur Farmonga muvofiq Vazirlar Mahkamasiga ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj oilalarga qulay sharoitlarga ega arzon uylarni qurish va berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi yuklatilganligi ko‘nglimizdagi ish bo‘ldi.  

Quvonchlisi, Farmon ijrosini amalda ta’minlash maqsadida 5 ta bo‘lim va 56 ta banddan iborat “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi” tasdiqlandi. Endi mana shu Dastur asosida ish faoliyatimizni yanada to‘g‘ri, izchil va tizimli tashkil qilamizki, bu mezon joylarda xotin-qizlar muammolarini o‘rganishimizda katta tayanch bo‘ladi.

Xurshidaxon XALILOVA,

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi raisining

ayollar masalalari bo‘yicha o‘rnibosari

  • Ko'rildi
    2050
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Ro'yhatga o'tish

Bildirilgan fikrlar

Хумоюн Мусажонов O'zLiDeP Сух туман ижрочи котиби2018-06-28 15:54:32

“Маиший чиқиндилар билан боғлиқ ишларни амалга ошириш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент қарорини ижроси албатта факат давлат идораларин ишига кирмайди,она табиатимизни озодалигини саклашда барча факаролар маъсул.


А.Раҳбаров-O‘zLiDeP Марғилон шаҳар Кенгаши раисининг биринчи ўринбосари-аппарат раҳбари2018-06-21 09:40:31

“Маиший чиқиндилар билан боғлиқ ишларни амалга ошириш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент қарорини қабул қилиниши нафақат тегишлий ташкалотлар балки хар бир фуқарога катта масъулят юклайди


А.Аминов Тошлоқ тумани кенгаши раиси2018-06-13 09:02:04

Хусусан, 2018 йил 1 сентябрига қадар аҳолига атроф-муҳит ҳолати устидан жамоатчилик назоратини амалга ошириш имконини берувчи, мазкур соҳадаги ҳуқуқбузарликлар тўғрисидаги фото ва видео материалларни жойлаштириш имкониятига эга бўлган махсус веб-портални яратиш ҳамда ҳар бир хабар берилган ҳолат бўйича тезкор чоралар кўриш тизими жорий қилинади. Шунингдек, қарор билан ҳудудларни ифлослантирганлик учун шахсларни жавобгарликка тортишнинг таъсирчан механизмларини ишлаб чиқилади, чиқиндилар билан боғлиқ ишларни амалга ошириш соҳасида фуқаролар ва мансабдор шахсларнинг жавобгарлиги кучайтирилади.мамлакатимизда маиший чиқиндилар билан боғлиқ ишларни амалга ошириш тизимини янада ривожлантириш, аҳолининг сифатли санитария жиҳатидан тозалаш хизматлари билан таъминланганлиги даражасини ошириш, шунингдек, экологик муаммоларни ҳал этишдаги мавжуд имкониятларни ишга солиш мақсадида “Маиший чиқиндилар билан боғлиқ ишларни амалга ошириш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент қарори қабул қилинди. Бу қарор Мамалакатимизнинг ривожланишига хисса қўшади.Тоза ҳаводан нафас олишимиз, ям-яшил кенгликларда хордиқ чиқаришимиз, ҳеч қандай кимёвий моддалар аралашмаган меваларни истеъмол қилишимиз ва бошқа шу каби масалалар табиатга қандай муносабатда бўлишимиз керак.


Fikringizni qoldiring

+