Qarshi aeroportiga loukoster aviakompaniyalar jalb etiladi

09.02.2018, 18:20

Qarshi aeroportiga loukoster aviakompaniyalar jalb etiladi

Jahon turizmi taraqqiyoti tajribasidan ma’lumki, sayyohlar oqimining kuchayishida loukoster, ya’ni aholiga arzon xizmatlar tavsiya etadigan aviakompaniyalarning xizmatlari beqiyosdir. Chunki bunday avikompaniyalarga murojaat etadigan mijozlar soni boshqalarnikiga nisbatan doimo ko‘p bo‘ladi. Shu jihatdan olib qaraydigan bo‘lsak, muhtaram Prezidentimizning “Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Qarshi aeroportining “O‘zbekiston havo yo‘llari” tarkibidan chiqarilib, xalqaro aeroportlarni boshqarish bo‘yicha maxsus kompaniya boshqaruviga berishni ko‘zda tutuvchi rivojlantirish konsepsiyasinig ishlab chiqilishi voha zaminiga tashrif buyurayotgan sayyohlar soni ko‘payishiga xizmat qilishi, shubhasiz. Qarorda loukoster kompaniyalarni bu ishga jalb etishga alohida urg‘u berilgan. Shuningdek, turizmni milliy iqtisodiyotimizning muhim tarmoqlaridan biriga aylantirish hamda mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi va tabiiy boyliklarini keng targ‘ib qilishda “ochiq osmon” rejimining joriy etilishi, viza rejimini soddalashtirish, sayyohlarga qulaylik yaratish uchun “yo‘l xaritalari”ni yaratish, ziyorat turizmini rivojlantirish, “O‘zbekiston” turizm brendini targ‘ib qilish ishlarini talablar darajasida tashkillashtirish yuzasidan muhim vazifalar belgilab berilgan.

Turizm-iqtisodiy savdo munosabatlarini o‘rnatish, dam olish, sayohat qilish bilan birgalikda xalqlarning tarixi, madaniyati, urf-odati, an’analari bilan tanishish, ularni o‘rganish imkoniyatini yaratadi. Turizmning yetti omili mavjud bo‘lib, ular-xalqaro, ekologik, tabiiy-madaniy, tibbiy va boshqa zamonaviy turlari, soha infratuzilmasini rivojlantirish, tarixiy yodgorliklarni o‘rganish, restavratsiya qilish, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, Buyuk ipak yo‘li brendini targ‘ib qilishdan iborat. Yurtboshimiz viloyatimizga tashriflari chog‘ida qator me’moriy obidalar va muqaddas qadamjolarni ziyorat qilib, vohada sayyohlik infratuzilmasini mustahkamlash, malakali kadrlar tayyorlash, sayyohlarga xizmat ko‘rsatish darajasini yuksaltirish, me’moriy obidalarni ta’mirlash, obodonlashtirish borasida qilinishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan qator topshiriq va ko‘rsatmalar berdilar. Vohamizning haqqoniy tarixi, hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma’rifiy islohotlar hamda mustaqillik imkoniyatlari to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlarni yetkazishda turizmning o‘rni beqiyos ekanligini alohida  ta’kidlashni istardim.

Viloyatimizda 927 ta madaniy meros ob’ektlari mavjud bo‘lib, ularning 163 tasi arxitektura inshootlari, 683 tasi arxeologik yodgorliklar, 61 tasi qadimiy san’at asarlari, 20 tasi ziyoratgohlardir. Partiyamiz deputatlari va faollari ishtirokida mazkur ob’ektlarni saqlash, ta’mirlash va kelgusi avlodga yetkazish borasida qator targ‘ibot ishlari olib borilyapti. Yuqorida ta’kidlangan muhim hujjatlarda ko‘rsatib o‘tilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlashga ko‘maklashish maqsadida maxsus dastur tayyorlandi va Qarshi, Shahrisabz shaharlari ham vohamizning muqaddas qadamjolar joylashgan joylarida tadbirlar tashkil etishni rejalashtirdik. Qator marketing talablari qatorida yaratiladigan “VisitKashkadarya.uz” portali imkoniyatlaridan foydalangan holda viloyatning turistik brendi ishlab chiqildi. Safdoshlarimiz bo‘lgan o‘nga yaqin yosh tadbirkorlardan turizmni rivojlantirish yo‘lidagi yangi innovatsion g‘oya va loyihalari hamda yangi tashabbuslarini  qo‘llab quvvatlagan holda,  ularni amaliyotga tatbiq etilishida kengashimiz va deputatlik guruhlari a’zolari yaqindan yordam berishadi. Bu muhim va keng qamrovli ishlar amalga oshirishda bizga mamlakatimiz rahbarining yuqorida ta’kidlangan Farmon va qarori dasturilamal bo‘lishi, shubhasiz.

                              Muhiddin HAMROYEV,

  O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi

Tashkiliy-partiyaviy ishlar bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1163
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Ro'yhatga o'tish

Bildirilgan fikrlar

O'zLiDeP Сурхондарё вилоят Кенгаши Бизнес тузилмалар ва фермерлар билан ишлаш булими мудири Т.Абдуллаев 2018-06-25 19:09:54

“Имтиёзлар ва преференциялар бериш тартибини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарори партиямиз электоратлари бўлган тадбиркорларни ҳар томонлама қўллаб-қувватлашга хизмат қилади.


Хўжаназаров Шухрат Шеробод туман Кенгаши аппарат рахбари2018-06-21 08:37:09

Давлатимиз раҳбарининг “Имтиёзлар ва преференциялар бериш тартибини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарори партиямиз электоратлари бўлган тадбиркорларни ҳар томонлама қўллаб-қувватлашга хизмат қилади.


Олтинсой туман Кенгаши аппарат рахбари А.Тиркашов2018-06-13 11:18:22

Давлатимиз раҳбарининг “Имтиёзлар ва преференциялар бериш тартибини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарори тадбиркорликни янада ривожланишига йул очади.


Шухрат Рахмонов Узун туман Кенгаши аппарат рахбари2018-06-13 09:58:21

Президентимизнинг имзолаган мазкур қарорлари бозорда соғлом рақобат муҳитини шакллантириш,фаол тадбиркорлик ривожланишини ҳар томонлама қўллаб-қувватлашга хизмат қилади.


Fikringizni qoldiring

+