Prezidentimiz farmoni mamlakatimizda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasi yanada taraqqiy etishga xizmat qiladi

21.02.2018, 16:53

Prezidentimiz farmoni mamlakatimizda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasi yanada taraqqiy etishga xizmat qiladi

Keyingi yillarda mamlakatimizda zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yaxlit tizimini yaratish, davlat organlarining aholi bilan muloqot qilishining yangi mexanizmlarini joriy etish yuzasidan izchil ish olib borilmoqda.

Kuni-kecha davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon bu boradagi ishlarni yanada jadallashtiradi. Xususan, davlat boshqaruvi va iqtisodiyotning real sektorida innovatsiyalarni joriy qilishga ko‘maklashish, raqamli iqtisodiyot o‘sishini rag‘batlantirish, shu jumladan, ishlab chiqarishda kompleks avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini joriy etish, elektron tijoratning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasidagi vazifalar tadbirkorlar uchun yanada qulaylik yaratadi.

Shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlari tovarlar, ishlar (xizmatlar) eksport qilgani uchun eksport shartnomasi tuzmasdan va bank komissiyasi undirilmasdan, Internet tarmog‘idagi elektron savdo maydonchalari orqali (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha ayrim tovarlardan tashqari) tovarlar, ishlar (xizmatlar) eksportini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgani tadbirkorlarning ham vaqtini, ham mablag‘ini tejaydi.

Ushbu Farmonda ko‘zda tutilgan vazifalar partiyamiz dasturiy maqsadlarida  belgilangan tadbirkorlar erkinliklarini ta’minlash uchun iqtisodiy, tashkiliy, huquqiy sharoit va kafolatlar yaratilishi, mazkur qatlam faoliyatining har tomonlama rag‘batlantirilishi, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning iqtisodiy mustaqil bo‘lishi, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishdagi mavjud to‘siqlarni bartaraf etish borasidagi vazifalar ijrosini ta’minlashga dastirul amal bo‘lib xizmat qiladi. Bu borada O’zLiDeP zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlarini joriy etish va yanada samarali qo‘llashga alohida  e’tibor qaratmoqda. Aynan saylovoldi Dasturimizda ham xalqaro standartlarga javob beradigan xizmat ko‘rsatish sohasini yanada rivojlantirish, uning mamlakatimiz YaIMdagi ulushini oshirish, aloqa va axborotlashtirish, (shu jumladan, kompyuter dasturlash, elektron ta’lim) asbob-uskunalarni ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish kabi yangi zamonaviy xizmatlarni jadal rivojlantirishni rag‘batlantirishga katta ahamiyat qaratilmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, mazkur farmon rivojlangan davlatlar tajribasini e’tirof etgan holda mamlakatimizda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasi yanada taraqqiy ettirishga xizmat qilishi shubhasiz.

Rustamjon HAKIMOV,

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    3227
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Ro'yhatga o'tish

Fikringizni qoldiring

+