Prezidentimiz qarori fermer xo‘jaliklari rivojiga xizmat qiladi

05.03.2018, 17:54

Prezidentimiz qarori fermer xo‘jaliklari rivojiga xizmat qiladi

Ma’lumki, “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturida qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirish orqali mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, paxta xom ashyosini yetishtirish, sotish va qayta ishlash tizimida bozor mexanizmlarini joriy etish, bunda, avvalo, xom ashyo yetishtiruvchilarning moddiy manfaatdorligini oshirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar belgilab berilgan.

2018 yil 28 fevral kuni davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan  “Paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtirishni moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror shubhasiz, mazkur soha rivojini yangi bosqichga olib chiqadi.  Nega deganda, qarorga muvofiq joriy yil 1 martdan boshlab ishlab chiqaruvchilarning rentabelligi oshishini, yuqori sifatli mahsulotlar yetishtirishni rag‘batlantirishni ta’minlaydigan navlar, klasslar bo‘yicha paxta xom ashyosi va boshoqli don xaridi yuzasidan kafolatlangan davlat narxlari belgilanmoqda. Shuningdek, paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarining xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar oldidagi 2018 yil 1 yanvardagi holatiga ko‘ra hosil bo‘lgan qarzlarini, shu jumladan, ichki tarmoq qarzdorligi hamda budjet va davlat maqsadli jamg‘armalari oldidagi qarzlarini to‘lash muddati 3 yil muddatga uzaytirildi. Qarzlar bo‘yicha hisoblangan penya va jarimalar hisobdan chiqarildi. 

Ta’kidlash kerak, Qarorda belgilangan vazifalar O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining barcha darajadagi tashkilotlari va deputatlik guruhlari, qolaversa, partiyaning har bir a’zosini ushbu vazifalar ijrosida faol ishtirok etishga undaydi. Zero, O’zLiDeP ham tadbirkorlik, fermer va dehqon xo‘jaliklarini rivojlantirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, qishloqda real mulkdorlar sinfini shakllantirish asosida qishloq xo‘jaligini yanada diversifikatsiya qilish va rivojlantirish, ekin maydonlari tarkibini yanada yuqori daromad keltiradigan oziq-ovqat ekinlari maydonlarini kengaytirish hisobidan takomillashtirish,  hosildorligi past, rentabellikni ta’minlamaydigan yerlarda paxta ekinlarini bosqichma-bosqich kamaytirib borish tarafdori. Shu nuqtai nazardan ushbu huquqiy hujjat qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar va ularga xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy holatini yaxshilashga xizmat qilishi shubhasiz.

 Rustamjon XAKIMOV,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2123
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Ro'yhatga o'tish

Bildirilgan fikrlar

Мамадолимов Икромжон ЎзЛиДеП Олтиариқ туман Кенгаши ижрочи котиби2018-06-30 09:38:49

Қумлоқ ерни тупроққа айлантирган Лола Муротова каби фермерлар бор экан хаётимиз фаровон, дастурхонимиз тўкин-сочин бўлади.


Fikringizni qoldiring

+