“OILAVIY TADBIRKORLIKDAN – MUSTAHKAM OILAGA”

21.11.2017, 17:30

“OILAVIY TADBIRKORLIKDAN – MUSTAHKAM OILAGA”

I. Loyihaning maqsadi:

- xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini yanada kuchaytirish;

- xotin-qizlarda tadbirkorlik va ishbilarmonlik ko‘nikmalarini shakllantirish;

-xotin-qizlarni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka, xususan oilaviy tadbirkorlik, hunarmandlik, kasanachilik faoliyatiga keng jalb etish orqali oilaviy biznesni rivojlantirish;

- xotin-qizlarning huquqiy bilimlarini oshirish va ularni biznes faoliyatni to‘g‘ri tashkil etishga o‘rgatish;

- qishloq xotin-qizlarining jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi ishtirokini faollashtirish.

II. Loyihaning vazifalari:

-“Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili”, “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” hamda “Mustahkam oila yili” Davlat dasturlarida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash;

-oilaviy tadbirkorlik faoliyatiga oid huquqiy bazani rivojlantirish;

-joylarda huquqni qo‘llash amaliyotini yaxshilash;

-oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha mahalliy va xorijiy tajribalarni o‘rganish va ommalashtirish;

-o‘quv-seminar, tanlov, mahsulot va xizmatlar ko‘rgazma savdolarini tashkil etish;

-xotin-qizlar o‘rtasida oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish va rivojlantirishga qaratilgan targ‘ibot-tushuntirish ishlarini olib borish.

III. Loyihaning mavzulari:

-Mamlakatimizda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari: mahalliy va xorijiy tajribalarni o‘rganish va ommalashtirish;

-Oilaviy tadbirkorlik faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solish masalalari;

-Biznes-reja tuzish va uni texnik-iqtisodiy jihatdan asoslash;

-tadbirkorlik faoliyatiga taalluqli qonun va huquqiy-me’yoriy hujjatlar: tanishtirish va ular bilan ishlashga o‘rgatish.

IV. Loyihaning ob’ekti:

-o‘z ishini boshlamoqchi bo‘lgan xotin-qizlar;

-tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bosqichida bo‘lgan tadbirkor xotin-qizlar.

V. Loyihani amalga oshirish shakli:

5.1. Loyiha doirasida o‘z ishini boshlamoqchi bo‘lgan xotin-qizlar uchun uch bosqichda, aprel-may oylarida tuman, (shahar)lar miqyosida, iyun-iyul oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar miqyosida, avgust oyida respublika miqyosida o‘quv-seminarlar tashkil etiladi.

O‘quv-seminarlar yangi o‘quv texnologiyalari, interfaol uslublar, ma’ruza va bahs-munozaralar shaklida olib boriladi.

O‘quv-seminarlar davomida yaxshi o‘zlashtirgan, o‘z biznes-rejasini ishlab chiqqan va muvaffaqiyatli himoya qilgan xotin-qizlarga bank kreditlari olishda amaliy yordam ko‘rsatiladi (kredit olishga yo‘llanma beradigan sertifikatlar taqdim etiladi).

5.2. O‘quv-seminarlarning har bir bosqichi yakunida quyidagi muddatlarda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlarining mahsulot va xizmatlar ko‘rgazma savdolari tashkil etiladi:

-tuman (shahar)lar miqyosida may oyining oxirgi o‘n kunligida;

-Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar miqyosida iyul oyining oxirgi o‘n kunligida;

-respublika miqyosida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi arafasida avgust oyining oxirgi o‘n kunligida.

Mazkur tadbirlar jarayonida tegishli sohalarda muvaffaqiyatga erishgan, hududlar va respublika miqyosida taniqli tadbirkor va ishbilarmonlar hamda menedjerlar tomonidan master-klasslar o‘tkaziladi.

5.3. Oktabr-noyabr oylarida loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar monitoring qilinadi.

5.4. Dekabr oyida loyiha hamkorlari va qatnashchilari ishtirokida yakuniy matbuot anjumani yoki brifing o‘tkaziladi.

VII. Loyihaning asosiy hamkorlari:

-O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O’zLiDeP Fraksiyasi;

-O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi (O’zSSP);

-O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki;

- “Tadbirkor ayol” O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi;

- “Xalq banki”, Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, “Qishloq qurilish banki”, “O‘zsanoatqurilishbank”, “Aloqabank”.

VIII. Loyihani amalga oshirishdagi hamkorlar:

-O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi;

-O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi;

-Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti.

X. Loyihadan kutilayotgan natijalar:

-O’zLiDeP Dasturi va saylovoldi platformasida belgilangan maqsad va vazifalar amalga oshiriladi;

-joylarda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligi oshadi;

-xotin-qizlarning iqtisodiy va huquqiy bilimlari oshadi, xususan, ularning amaldagi qonun va huquqiy-me’yoriy hujjatlar asosida ishlash ko‘nikmalari shakllantiriladi;

- ishtirokchilar kelgusida mustaqil ravishda biznes-rejalar ishlab chiqish va uni himoyalash tajribasiga ega bo‘ladi;

-tijorat banklaridan kreditlar olishga ko‘maklashiladi;

-yangi va qo‘shimcha ish o‘rinlari tashkil etiladi;

-tadbirkor xotin-qizlar safi kengayadi, ularning boshqa tadbirkorlik sub’ektlari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatiladi;

-mahsulotlar va xizmatlar ko‘rgazma-savdosi tashkil etiladi;

-mahalliy va xorijiy tajribalar ommalashtiriladi, ilg‘or tadbirkor, fermer ayollar faoliyati targ‘ib qilinadi;

-tadbirkor xotin-qizlarning mahsulotlar ko‘rgazmasini xorijda tashkil etishga ko‘maklashiladi.

  • Ko'rildi
    16763
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish