“TADBIRKORLAR MULOQOT FORUMI”

Sana: 17.06.2014 17:56

        

Maqsadi:

-“...kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan, tadbirkorlik faoliyati erkinligini cheklayotgan bir qator muammolar...”ni doimiy ravishda tizimli o‘rganib borish, ularni bartaraf etish yuzasidan O’zLiDePning aniq pozisiyasini shakllantirishga xizmat qiluvchi aniq amaliy taklif va tashabbuslarni ishlab chiqish;

-tadbirkorlik sohasida qabul qilinayotgan qonun hujjatlarida O’zLiDeP elektorati manfaatlarini to‘laqonli ifodalashga ko‘maklashish;

-Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O’zLiDeP fraksiyasning qonun ijodkorligi faoliyati samaradorligini oshirish.

Vazifasi:

-respublikaning barcha hududlarida qulay biznes muhiti va uni yanada rivojlantirish yuzasidan tizimli monitoring va jamoatchilik nazoratini olib borish, jumladan, loyiha doirasida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan deputatlik so‘rovlari va nazorat-tahlil ishlarini tashkil etish;

-tadbirkorlikka oid amaldagi qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish, sohaga doir qonun va qonunosti hujjatlarining amalda qo‘llanilishiga oid muammo va ularning yechimlariyuzasidan taklif, tavsiyalarni jamlash, umumlashtirish hamda tahlil etish.

Kutilayotgan natijalar:

-O’zLiDeP Dasturi va Saylovoldi platformasida belgilangan maqsad va vazifalar amalga oshiriladi;

-kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini yanada rivojlantirish borasida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan deputatlik so‘rovlari va nazorat-tahlil ishlarini tashkil etish orqali amaliy jihatdan ko‘maklashiladi;

-tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha amaldagi qonunchilik va normativ-huquqiy hujjatlar bazasi qayta ko‘rib chiqiladi hamda amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek yangi qonun hujjatlarini qabul qilish yuzasidan amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi;

-partiyaning elektorat vakillari bilan ishlash samaradorligi oshadi;

-kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan O’zLiDePning aniq pozisiyasini shakllantirishga xizmat qiluvchi amaliy taklif va tashabbuslar ishlab chiqiladi.

 

378