Toshkent shahri

30.06.2022, 16:46
Yangi O’zbekistonga yangi konstitutsiya kerak!
Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Toshkent davlat madaniyat va san’at institutida “O’zbekiston Respublikasi ...
24.06.2022, 17:07
“Konstitutsiyaviy islohotlarda yoshlarning o‘rni” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi
O`zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan Chilonzor tuman Davlat xizmatlar markazi anjumanlar zalida ...
20.06.2022, 16:40
“Konstitutsiyaviy islohotlar – tibbiy sug‘urtada ayollar salomatligi” mavzusida tadbir tashkil etildi
O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi “Ayollar qanoti” Uchtepa tumanidagi 3-sonli shahar bolalar klinik shifoxonasida ...
09.06.2022, 17:15
“Ishbilarmon ayol - 2022” ko‘rik-tanlovining Mirobod tuman bosqichi g‘oliblari aniqlandi
Har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Ishbilarmon ayol - 2022” ko‘rik-tanlovining Mirobod tuman bosqichi ...
08.06.2022, 14:22
Yashnobodlik ishbilarmon ayol 50 nafar ishsiz xotin-qizlarni ishli qildi
“Ishbilarmon ayol - 2022” ko‘rik tanlovining Yashnobod tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tumandagi ishbilarmon, ...
03.06.2022, 16:54
O’zLiDeP ishchi guruhi Yashnobodda: nasos chiqaradigan suvni daraxtlar tagidan oqizishning iloji bormi?
Ko‘chat o‘tqazish – xayrli ishning boshlanishi. Shu ma’nodaki, katta daraxt bo‘lguniga qadar (balki, keyin ham) uni ...
01.06.2022, 10:43
Konstitutsiyani takomillashtirish jarayonida quyi bo‘g‘in vakillari o‘z takliflari bilan faol ishtirok etmoqda
O’zLiDeP Shayxontohur tuman Kengashi va Toshkent Metropoliteni qoshida ochilgan Boshlang‘ich partiya tashkiloti bilan hamkorlikda ...
27.05.2022, 15:44
Olmazorlik ishbilarmon ayol 210 ta ish o‘rin yaratib, 20 dan ziyod mahsulotlarni eksport qilayapti
“Ishbilarmon ayol - 2022” ko‘rik-tanlovining Olmazor  tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi va g‘oliblari aniqlandi. ...
23.05.2022, 15:39
Shayxontohurlik eng faol ishbilarmon ayol 45 nafar ishsiz xotin-qizlarni o‘qitib bandligini ta’minladi
“Ishbilarmon ayol - 2022” ko‘rik-tanlovining Shayxontohur tuman bosqichi g‘oliblari aniqlandi.Ishtirokchilar o‘zlari ...
18.05.2022, 14:56
Deputatlar mahalla raislari saylovini adolatli o‘tkazishda nazorat o‘rnatdi
Oxirgi olti yil ichida Mahalla institutiga katta e’tibor berildi. Bu borada ijobiy o‘zgarishlarni ko‘rishimiz mumkin. ...
Fazilov Ravshan Abdulxayevich

Fazilov Ravshan Abdulxayevich

OʻzLiDeP Toshkent shahar Kengashi raisi.

1961 yilda Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy. 1983 yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini, 1995 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 1996 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini, 2007 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Ixtisosligi – muhandis-mexanik, iqtisodchi, xuquqshunos. O‘zLiDeP a’zosi.

Mehnat faoliyatini 1983 yilda “O‘zbekxlopkomash” ishlab chiqarish birlashmasi muhandis-konstruktor lavozimida boshlagan. 1987-1989 yillarda “Progress” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi bosh mutaxassisi, bosh direktor o‘rinbosari, 1989-1990 yillarda mahalliy sanoat Vazirligi Boshqarmasi boshlig‘i muovini, bo‘lim boshlig‘i, bosh boshqarma boshlig‘i muovini, 1990-2000 yillarda “O‘zrembыttexnika” konserni boshqaruvi raisi, bosh direktori, “Feruz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi, 2000-2007 yillarda “K&N Ibrakom” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi menedjeri, 2007-2011 yillarda “Feruz-Femida” advokatlik byurosi direktori,  2012-2017 yillarda “IBRAKOM FZCO” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bosh vakili lavozimlarida ishlagan.

 2005-2014 yillarda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati, 2017-2019  yillarda Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashi deputati sifatida faoliyat yuritgan. 2019 yildan Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashi deputati sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

2004-2020 yillarda jamoatchilik asosida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Mirobod tuman Kengashi raisi lavozimda faoliyat yuritgan.

2015 yildan  hozirgi vaqtga qadar “Feruz-servis” xususiy korxonasi direktori, 2020 yildan jamoatchilik asosida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi raisi lavozimlarida ishlab kelmoqda.

Oilali 3 nafar farzandi bor.

Manzil: Mirobod tumani, Nukus ko‘chasi, 77 “a”-uy. 

Telefon: 0 371 - 215-67-62
Faks: 0 371 - 281-41-19

Elektron pochta: tsh@uzlidep.uz