Toshkent shahri

16.05.2022, 15:33
Deputat hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari bilan birgalikda mahalladagi muammolarni o‘rgandi
Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashi deputati Sanjarbek Kumushev tashabbusi bilan “Kamolot” va “Yangi ...
13.05.2022, 16:55
Moliya institutining 20 nafar talaba yoshlari partiyaning istiqbolli kadrlar zaxirasiga olindi
Mamlakatimizda so‘ngi yillarda yoshlar siyosatiga katta e’tibor qaratilmoqda. O`zLiDeP Toshkent shahar Kengashi va Yunusobod tuman ...
13.05.2022, 12:53
Deputat qabuli davom etmoqda
Avval xabar berganimizdek, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Jamoliddin Meliboyevning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi mahallalar ...
12.05.2022, 10:09
12-Yalang‘och saylov okrugidan saylangan deputat saylovchilar bilan yuzma-yuz muloqot qildi
Shu kunlarda Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashlari deputatlari o‘zlari saylangan okruglarida saylovchilar bilan muloqotlar ...
11.05.2022, 15:26
Deputat mahalla fuqarolari bilan muloqotda bo‘ldi
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Ravshan Fazilov Yunusobod tumanidagi “Tiklanish”, “Islomobod”, ...
10.05.2022, 16:21
Xotira boqiy, qadr- muqaddas
9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zLiDeP Toshkent shahar va barcha tuman partiya tashkilotlari, deputatlar, partiya ...
10.05.2022, 16:18
“Ayollar daftari” ro‘yxatida turgan xotin-qizlarning muammo va takliflari o‘rganildi
O‘zLiDeP Toshkent shahar va Sergeli tuman Kengashi “Ayollar qanoti” guruhi tomonidan tumandagi "Ezgulik" MFYda aholi bilan muloqot ...
06.05.2022, 15:44
Deputat maktab o‘quvchilari o‘rtasida insholar tanlovini o‘tkazdi
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Murotxon Djurayev tashabbusi bilan Yashnobod tumanidagi ...
21.04.2022, 14:46
Targ‘ibot natijasida korxonaning 50 nafar ishchi xodimlari partiyaga a’zo bo‘ldi
O’zLiDeP Olmazor tumani Kengashi vakillari va deputatlar tumandagi “Baykanov Omad Servis” MChJ faoliyati bilan tanishdi va partiya ...
19.04.2022, 16:09
O’zLiDeP faollari poytaxt ko‘chalarida ko‘chat ekish aksiyasida o‘z hissalarini qo‘shmoqda
Bugun mehnatsevar el obodlik, bunyodkorlik, yaratuvchanlik, bir so‘z bilan aytganda, Vatanga muhabbatning eng oliy ko‘rinishini yerga bir ...
Fazilov Ravshan Abdulxayevich

Fazilov Ravshan Abdulxayevich

OʻzLiDeP Toshkent shahar Kengashi raisi.

1961 yilda Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy. 1983 yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini, 1995 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 1996 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini, 2007 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Ixtisosligi – muhandis-mexanik, iqtisodchi, xuquqshunos. O‘zLiDeP a’zosi.

Mehnat faoliyatini 1983 yilda “O‘zbekxlopkomash” ishlab chiqarish birlashmasi muhandis-konstruktor lavozimida boshlagan. 1987-1989 yillarda “Progress” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi bosh mutaxassisi, bosh direktor o‘rinbosari, 1989-1990 yillarda mahalliy sanoat Vazirligi Boshqarmasi boshlig‘i muovini, bo‘lim boshlig‘i, bosh boshqarma boshlig‘i muovini, 1990-2000 yillarda “O‘zrembыttexnika” konserni boshqaruvi raisi, bosh direktori, “Feruz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi, 2000-2007 yillarda “K&N Ibrakom” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi menedjeri, 2007-2011 yillarda “Feruz-Femida” advokatlik byurosi direktori,  2012-2017 yillarda “IBRAKOM FZCO” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bosh vakili lavozimlarida ishlagan.

 2005-2014 yillarda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati, 2017-2019  yillarda Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashi deputati sifatida faoliyat yuritgan. 2019 yildan Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashi deputati sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

2004-2020 yillarda jamoatchilik asosida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Mirobod tuman Kengashi raisi lavozimda faoliyat yuritgan.

2015 yildan  hozirgi vaqtga qadar “Feruz-servis” xususiy korxonasi direktori, 2020 yildan jamoatchilik asosida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi raisi lavozimlarida ishlab kelmoqda.

Oilali 3 nafar farzandi bor.

Manzil: Mirobod tumani, Nukus ko‘chasi, 77 “a”-uy. 

Telefon: 0 371 - 215-67-62
Faks: 0 371 - 281-41-19

Elektron pochta: tsh@uzlidep.uz