Toshkent shahri

01.02.2022, 16:14
Taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda deputatlarimizdan faollik talab qilinadi
Prezidentimiz tomonidan “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi ...
26.01.2022, 09:54
Deputatlar ehtiyojmand oilaga o‘z biznesini boshlashga ko‘maklashdi
Xalq deputatlari Bektemir tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari T. Mahamadziyayev va G. Tuxtasinovalar ayollar ...
14.01.2022, 10:11
O`zLiDeP “Ayollar qanoti” Qurolli Kuchlar akademiyasi ofitserlari va tinglovchilarini bayram bilan tabrikladi
O`zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi, Toshkent shahar Kengashi Ayollarning siyosiy faolligi, jamiyatdagi o‘rni va mavqeini ...
13.01.2022, 11:45
“Vatanimga tayanchman” shiori ostida tadbir o‘tkazildi
Shu kunlarda yurtimizda O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligini munosib kutib olish uchun qizg‘in ...
11.01.2022, 16:28
Taraqqiyot strategiyasi loyihasiga takliflar berilyapti
O'zLiDeP Toshkent shahar Kengashi faollari va deputatlar ishtirokida  Prezidentimizning “Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga ...
21.12.2021, 16:34
Deputat maktabning a’lochi o‘quvchilarini badiiy kitoblar jamlanmasi bilan taqdirladi
Siyosiy jarayonlarda yoshlarning faol ishtirok etishi mamlakatning demokratik rivojlantirishning asosiy omillaridan biridir. Bugun yoshlar o‘z ...
20.12.2021, 16:48
Yoshlarga tadbirkorlikning sir-asrorlari o‘rgatildi
Siyosiy jarayonlarda yoshlarning faol ishtirok etishi mamlakatning demokratik rivojlantirishning asosiy omillaridan biridir. Bugun yoshlar o‘z ...
20.12.2021, 16:42
"Ogahiy hayoti va ijodi - yoshlar tarbiyasi uchun namuna” mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil qilindi
O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universtiteti bilan hamkorlikda ulug‘ mutafakkir, serqirra ijodkor ...
16.12.2021, 15:43
O’zMU talaba yoshlari bilan muloqot qilindi
O`zLiDeP Toshkent shahar Kengashi tomonidan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetida “Yangi avlod kadrlari” ...
07.12.2021, 15:24
Konstitutsiya – huquq va erkinligimiz kafolati
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasidir. U hech kimga qaram bo‘lmasdan, ...
Fazilov Ravshan Abdulxayevich

Fazilov Ravshan Abdulxayevich

OʻzLiDeP Toshkent shahar Kengashi raisi.

1961 yilda Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy. 1983 yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini, 1995 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 1996 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini, 2007 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Ixtisosligi – muhandis-mexanik, iqtisodchi, xuquqshunos. O‘zLiDeP a’zosi.

Mehnat faoliyatini 1983 yilda “O‘zbekxlopkomash” ishlab chiqarish birlashmasi muhandis-konstruktor lavozimida boshlagan. 1987-1989 yillarda “Progress” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi bosh mutaxassisi, bosh direktor o‘rinbosari, 1989-1990 yillarda mahalliy sanoat Vazirligi Boshqarmasi boshlig‘i muovini, bo‘lim boshlig‘i, bosh boshqarma boshlig‘i muovini, 1990-2000 yillarda “O‘zrembыttexnika” konserni boshqaruvi raisi, bosh direktori, “Feruz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi, 2000-2007 yillarda “K&N Ibrakom” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi menedjeri, 2007-2011 yillarda “Feruz-Femida” advokatlik byurosi direktori,  2012-2017 yillarda “IBRAKOM FZCO” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bosh vakili lavozimlarida ishlagan.

 2005-2014 yillarda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati, 2017-2019  yillarda Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashi deputati sifatida faoliyat yuritgan. 2019 yildan Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashi deputati sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

2004-2020 yillarda jamoatchilik asosida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Mirobod tuman Kengashi raisi lavozimda faoliyat yuritgan.

2015 yildan  hozirgi vaqtga qadar “Feruz-servis” xususiy korxonasi direktori, 2020 yildan jamoatchilik asosida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi raisi lavozimlarida ishlab kelmoqda.

Oilali 3 nafar farzandi bor.

Manzil: Mirobod tumani, Nukus ko‘chasi, 77 “a”-uy. 

Telefon: 0 371 - 215-67-62
Faks: 0 371 - 281-41-19

Elektron pochta: tsh@uzlidep.uz