Markaziy nazorat-taftish komissiyasi a'zolari ro'yxati

 Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining Markaziy nazorat-taftish komissiyasi

«Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi» Markaziy nazorat-taftish komissiyasi partiyaning markaziy nazorat organi bo‘lib, partiyaning rahbar va ijroiya organlari, quyi partiya tashkilotlari ustidan Ustav va partiya rahbar organlarining qarorlari bajarilishini hamda ularning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatlarini nazorat qiladi.

Markaziy nazorat-taftish komissiyasi S’ezd tomonidan tasdiqlangan nizom va Ustav asosida o‘z faoliyatini olib boradi. Markaziy nazorat-taftish komissiyasi a’zolarining soni S’ezd tomonidan belgilanadi. Markaziy nazorat-taftish komissiyasi a’zolari ochiq ovoz berish yo‘li bilan uch yil muddatga saylanadilar.

Markaziy nazorat taftish komissiyasining tarkibi 9 kishidan iborat. Komissiya raisi – Toshmatov Qobiljon Fattaxоvich - Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi direktori.

Markaziy nazorat-taftish komissiyasi a’zosi bir vaqtning o‘zida partiya Siyosiy Kengashi a’zosi bo‘lishi yoki uning ijro organlarida ishlashi mumkin emas.

Markaziy nazorat-taftish komissiyasi o‘z majlisida komissiya raisi va uning o‘rinbosarini saylaydi.

Markaziy nazorat-taftish komissiyasi majlislarida partiya Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi a’zolari qatnashishlari mumkin.

 Markaziy nazorat-taftish komissiyasi vakolatlari:
– partiya rahbar organlari, quyi partiya tashkilotlari va partiya a’zolarining mazkur Ustav, partiya Dasturi, qarorlar va me’yorlarni bajarilishi va rioya etilishi ustidan nazorat o‘rnatadi; 
– partiya tuzilmalarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyati hamda yillik partiya byudjeti rejasining maqsadli amalga oshirilishi ustidan taftish o‘tkazadi;
– partiya a’zolarining ariza va shikoyatlarini ko‘rib chiqadi;
– partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar tashkilotlari, tuman (shahar) bo‘limlarining nazorat-taftish komissiyalari faoliyatini muvofiqlashtiradi.

Markaziy nazorat-taftish komissiyasi mazkur Ustav va S’ezd qarorlaridan kelib chiqadigan boshqa vakolatlarni amalga oshirishi mumkin.

 

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining
VI S’ezdida (2014 yil 31 oktyabr kuni) tasdiqlangan

 

 

Familiyasi, ismi va otasining ismi

Ish joyi va egallab turgan lavozimi

  1.  

Toshmatov Qobiljon Fattaxоvich

Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi direktori,

O`zLiDeP Markaziy nazorat-taftish komissiyasi raisi

2.

Radjapov Nodirbek Muxtorovich

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi a’zosi

3.

Nazirkulov Atxam Axatkulovich

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi a’zosi

4.

Muyatdinov Mahmud Jalelovich

“O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali direktori

5.

Turg‘unov G‘ayratjon Nishonovich

Farg‘ona viloyati iqtisodiyot Bosh boshqarmasi boshlig‘i

6.

Xayitov Arslon Xolmurodovich

“Kafolat” Davlat aksionerlik sug‘urta kompaniyasi Samarqand viloyat filiali direktori

7.

Hodiev Uchqun Jumaevich

Romitan tumani fermerlar kengashi raisi

8.

Egamberdiev Orifjon Ismonovich

Baliqchi tumanidagi “Nargiza” xususiy firmasi direktori

9.

Erdonaev Aliqul Halimovich

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xodimlar bilan ishlash departamenti direktori