O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi

SODIQJON TURDIEV 

1952 yil 3 dekabrda Andijon viloyatining Shahrixon tumanida, ishchi oilasida tug‘ilgan, millati - o‘zbek, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) a’zosi. 

1969-1975 yillarda Toshkent xalq xo‘jaligi institutida (hozirgi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti) iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan.

Mehnat faoliyatini 1975 yilda Andijon viloyati Ulug‘nor tumanidagi shirkat xo‘jalikda katta iqtisodchi lavozimida boshlagan. 1975 yildan 2005 yilgacha bo‘lgan davrda S. Turdiev Andijon viloyatida xo‘jalik boshqaruvi yo‘nalishida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 

S. Turdiev 2005 yildan o‘z mehnat faoliyatini mamlakatimizda tobora ulkan ahamiyat kasb etib borayotgan fermerlik harakati bilan bog‘ladi va 2012 yilgacha “Asaka jilosi” fermer xo‘jaligiga rahbarlik qildi.
2010-2013 yillarda u Xalq deputatlari Asaka tumani Kengashi deputati sifatida faoliyat yuritgan.

2012 yil 14 noyabrda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Fermerlari kengashi ta’sis konferensiyasida O‘zbekiston Fermerlar Kengashi raisi lavozimiga saylangan va hozirgi davrda ushbu vazifada faoliyat olib bormoqda. 

2013 yil 2 dekabrda bo‘lib o‘tgan O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi VI majlisida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi etib saylangan.

2015 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari, O’zLiDeP fraksiyasi rahbari lavozimida ishlab kelmoqda.

S.Turdiev 2012 yilda “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan. 

 

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

YAKUBOV BAXTIYOR SULTONNAZIROVICH


Yakubov Baxtiyor Sultonnazirovich 1969 yilda tug‘ilgan.
 
1993 yilda Toshkent davlat universitetini, 2006 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan, tarix fanlari nomzodi.
 
1993-1998 yillarda Toshkent davlat universitetida, 1998-1999 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida, 1999-2003 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonida, 2003-2005 yillarda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasida faoliyat yuritgan.
 
2004 va 2009 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi deputatligiga saylangan.
 
2005 yildan buyon O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisining tashkiliy-partiyaviy ishlar va kadrlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.
 
2010-2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari, O’zLiDeP fraksiyasi rahbari lavozimida ishlab kelgan.
 
B.Yakubov 2006 yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.
 
 

О‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

SHOUMAROV DILSHOD SHAVKATOVICH 

 

1964 yilning 31 iyulida  Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek.  Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) a’zosi.

1981-1986 yillarda Toshkent davlat universitetining (hozirgi O‘zMU) sharqshunoslik fakultetida, 1998-2000 yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tahsil olgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi —  sharqshunos, xalqaro biznes magistri.

Mehnat faoliyatini 1986 yilda ToshDUning xalqaro bo‘limi katta inspektori sifatida boshlagan.

1987-1991 yillarda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida muhandis-tarjimon, 1991-2008 yillarda “KOMEKO” xalqaro tashkiloti, “Aziya-Metall-Treyding” QK, “Akan-Plastik” QK, “Proteks-Inshoat” korxonasi, “Qurilish mollari bozori” MCHJda rahbar lavozimlarida ishlagan.

2008 yildan hozirgi vaqtga qadar “DIMAX METALL SERVIS” MCHJ Ta’sischilar kengashi raisi, 2013 yildan buyon “Dimax” sanoat-savdo ko‘rgazma biznes markazi raisi safatida faoliyati yuritib kelmoqda. 

2015 yilda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati etib saylangan.

2014 yilning 7 oktyabridan buyon O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisining mafkuraviy va targ‘ibot-tashviqot ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.

 

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

SHUKUROV ELBEK XABIBULLAYEVICH

Shukurov Elbek Xabibullayevich 1988 yilda tug‘ilgan.

2009 yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi bo‘yicha iqtisodchi.  

Mehnat faoliyatini 2005 yilda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar bo‘limi Kengashi muassisligidagi “Kamalak” markazida boshlagan. 2005-2006 yillarda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Yunusobod tuman bo‘limida, 2007-2012 yillarda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashida faoliyat yuritgan.

2012-2013 yillarda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar bo‘limi Kengashi raisi o‘rinbosari, 2013-2015 yillarda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar bo‘limi Kengashi raisi lavozimida ishlagan.

2015 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga saylangan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi a’zosi.

2017 yilning 3 martidan buyon O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.

 E.Shukurov 2011 yilda «O‘zbekiston belgisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Oilali. Ikki nafar farzandi bor.