DIQQAT, FAOL TADBIRKORLAR ANJUMANI!

09.02.2018, 18:56

DIQQAT, FAOL TADBIRKORLAR ANJUMANI!

Prezidentimiz tashabbusi bilan shu yil 22 yanvarda imzolangan eng muhim hujjat — “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonda belgilab berilgan dolzarb vazifalar mamlakatimiz tadbirkorlari uchun ham ulkan imkoniyatlar eshigini ochish bilan birga, ular zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Farmonda ko‘rsatib o‘tilgan asosiy masalalarni bevosita o‘z elektorati vakillari ishtirokida atroflicha muhokama qilish hamda tegishli chora-tadbirlarni belgilab olish uchun shu yilning 13 fevral kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan  “O‘zbekiston faol tadbirkorlari anjumani” o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Videokonferensiya shaklida uyushtirilayotgan ushbu anjumanda mamlakatimizning turli hududlaridan tadbirkor va fermerlar ishtirok etadi.

Ushbu jarayonni partiya va gazetamizning internetdagi veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatish imkoniyati mavjud.

Anjuman bilan bog‘liq tafsilotlar gazetamizning navbatdagi sonida batafsil yoritiladi.

  • Ko'rildi
    1889
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+