Prezidentimizning Rossiyaga bo‘lajak tashrifi o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi

08.09.2021, 15:37

Prezidentimizning Rossiyaga bo‘lajak tashrifi o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi

Shavkat Mirziyoyev Prezidentlik lavozimiga kirishgan ilk kunlardanoq barcha xorijiy mamlakatlar va jahon hamjamiyati bilan samarali hamkorlik ochiq, do‘stona va pragmatik tamoyillarga asoslangan va xalqimiz  manfaatlaridan kelib chiqilgan holda  olib borilishini e’lon qilgandi. Bu maqsadlar amalda o‘z ifodasini topmoqda.

Xususan, Rossiya Federatsiyasi bilan ko‘p tomonlama aloqalarni rivojlantirish O’zbekiston tashqi siyosatining strategik yo‘nalishlaridan biri. Mazkur davlat bilan hamkorligimiz tobora kengaymoqda. Prezidentimizning 2017 yilda Rossiya Federatsiyasiga tashrifi doirasida 16 milliard dollarlik va 2018 yilda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning O’zbekistonga tashrifi chog‘ida 25 milliard dollar hajmdagi shartnomalar imzolangani o‘zaro munosabatlar rivojiga kuchli turtki berdi. Masalan, 2020 yilda mamlakatlar o‘rtasidagi savdo aylanmasi 5,64 milliard dollarni tashkil etdi, bu 2016 yilga nisbatan qariyb 2 baravar ko‘p. Mamlakatimizda Rossiyaning eng yirik sarmoyaviy loyihalari amalga oshirilayotir. AES qurilishi (11 milliard dollar), “Mustaqillikning 25 yilligi” koni o‘zlashtirilishi (5,2 mlrd. dollar), “Gazli” gazni yer ostida saqlash inshootida gazni saqlash hajmini ko‘paytirish (250 million dollar), “Jel” konini o‘zlashtirish (258 million dollar), Sirdaryo IES va Farhod GESlarini modernizatsiya qilish (249,2 million dollar) shular jumlasidandir.  Xavfsizlik, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlik ham borgan sayin qizg‘in tus olyapti.

Prezidentimizning Rossiyaga bo‘lajak tashrifi ushbu ikki ikki davlat erishilgan natijalar bilan chegaralanib qolish niyatida emasligini anglatadi.   Davlatlar rahbarlarining uchrashuvi ijobiy tendensiyalarni yanada mustahkamlashi, ikki tomonlama hamkorlikning yangi, istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab berishiga ishonchimiz komil.

Muxtasar aytganda, O’zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli, ko‘p qirrali va amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish  aholi farovonligini oshirish, mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashning muhim omiliga aylanmoqda.

 Dilshod Shoumarov,

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

  • Ko'rildi
    340
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+