Saylovchilar va xalqimiz uchun ma’qul taklif va tashabbuslar

11.09.2021, 16:05

Saylovchilar va xalqimiz uchun ma’qul taklif va tashabbuslar

O’zLiDePning X S’ezdida partiya tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodi qo‘llab-quvvatlangan Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning ma’ruzasini to‘lqinlanib tinglarkanman, tahlillarning nechog‘li haqiqatligi, oldiga qo‘ygan ustuvor vazifalarning mamlakat taraqqiyoti va xalq manfaatlari himoyasiga qaratilganligini chuqur his qildim.

Ayniqsa, nomzodning “Har qanday islohot quruq raqamlarda emas, balki, eng avvalo, aholining kundalik hayotida, uning dasturxoni va ro‘zg‘orida o‘z aksini topishi zarur”, degan fikri negizidagi xalqqa yondoshlik, inson tamoyilini birinchi o‘ringa chiqishi, aholi turmush darajasini yuksaltirish, muammolari yechimiga kamarbasta bo‘lish kabi ezgu maqsadlar yaqqol namoyon bo‘ldi.

Nomzod o‘z ma’ruzasida har bir soha rivoji uchun kelgusida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan islohotlarga to‘xtalar ekan, hududlarda bo‘ladigan uchrashuvlarida har bir masalani aholi bilan birgalikda muhokama qilib, saylovchilar va xalqimiz uchun ma’qul takliflar, tashabbus va loyihalarni ilgari surishini alohida qayd etdi. “... bugun o‘z oldimizga qo‘yayotgan ulkan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda Sizlarga, butun xalqimizga tayanaman”, deganlarining o‘ziyoq bizni ularga yelkadoshlikka undadi, bizda ham ulkan va jiddiy mas’uliyat, yanada shijoat bilan ishlashga ishtiyoq tug‘dirdi.

Barchamizga yaxshi ma’lum, Harakatlar strategiyasi iqtisodiyotimizning barcha sohalarida bozor mexanizmlarini amalda joriy etish hisobidan barqaror rivojlanish uchun mustahkam poydevor yaratdi. Kelgusi besh yilda esa mavjud zaxira va imkoniyatlarni safarbar etgan holda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni 1,6 barobar oshirish zaruriyati bor. Bu borada nomzod o‘z ma’ruzasida batafsil to‘xtalib, 2030 yilga borib, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadni 4 ming dollardan oshirib, “daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar” qatoriga kirishga puxta zamin yaratilishini qayd etdi. To‘g‘ri, bu mashaqqatli jarayon. Buning uchun  avvalo, iqtisodiyotda ilm va innovatsiyalarga asoslangan rivojlanish hisobidan yangi texnologiyalar va qo‘shilgan qiymat zanjirlarini ko‘paytirish orqali, mehnat samaradorligida tub o‘zgarishlar qilinishi ta’minlanishi aytildi.

Iqtisodiyotda yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash uchun kelgusi besh yilda 120 milliard dollar, shundan kamida 70 milliard dollar xorijiy investitsiyalar jalb qilinishi tadbirkorlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashning davomiyligini ta’minlaydi.

Ma’ruzada qayd etilgan tadbirkorlik borasidagi qulayliklar asosiy yetakchi kuchimiz bo‘lgan ishbilarmonlarning yuqori natijador faoliyatlariga asos bo‘ladi. Jumladan, kelgusi yildan, asosiy vositalarni amortizatsiya qilishga soliq imtiyozlarini kengaytirish orqali, 130 mingdan ziyod tadbirkorlar ixtiyorida, har yili qariyb 2 trillion so‘m mablag‘ qoldiriladi.

Partiyamizdan ko‘rsatilgan, qo‘llab-quvvatlangan nomzodning kelgusi besh yillik uchun mo‘ljallangan aniq va maqsadli dasturidagi har bir fikrdan xalqparvarlik, haqparvarlik, insoniylik, davlat va jamiyat taraqqiyotiga kamarbastalik, inson manfaatlari uchun xizmat qilish mas’uliyati ufurib turdi.

Xurshidaxon XALILOVA,

O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi raisi,

Xalq deputatlari viloyat kengashi deputati

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    286
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+