Pragmatik faol tashqi siyosat borasidagi ustuvor vazifalar

11.09.2021, 17:19

Pragmatik faol tashqi siyosat borasidagi  ustuvor vazifalar

Kuni kecha bo‘lib o‘tgan O’zLiDePning X s’ezdida bevosita ishtirok etib, tadbir katta ko‘tarinki ruhda tashkil etilgani guvohi bo‘ldik.

Partiyamizdan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan Shavkat Mirziyoyev nomzodini barcha delegatlar to‘liq qo‘llab-quvvatlashdi.

Nomzodimiz o‘z saylovoldi dasturining ustuvor yo‘nalishlari qatori tizimli va puxta o‘ylangan, pragmatik tashqi siyosiy va iqtisodiy diplomatiyamizni bundan keyin ham faol davom ettirishga alohida urg‘u berib o‘tdilar.

Avvalambor, Markaziy Osiyoda xavfsizlik, savdo-iqtisodiy, suv, energetika va transport, madaniy-gumanitar sohalardagi yaqin hamkorlikni sifat jihatidan yuqori bosqichga olib chiqilishi ta’kidlandi.

Kelgusi besh yilda o‘zaro savdo aylanmasi hajmi kamida 2 barobar oshiriladi. Sanoatda qo‘shimcha qiymat yaratish bo‘yicha yaxlit zanjirlarni va kooperatsiyani mustahkamlanadi.

Transport sohasida tashqi savdo uchun “yashil koridorlar” hamda tranzit imkoniyatlari kengaytiriladi.

Xalq diplomatiyasi tamoyilini, jumladan, ilm-fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va turizm sohalaridagi aloqalarni kuchaytirish asosiy vazifalarimizdan biri bo‘lib qolishi e’tirof etildi. Shu maqsadda O’zbekistonning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy hamkorlik strategiyasi ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan.

Shu bilan bir qatorda nomzodning dasturida iqtisodiy diplomatiyani kuchaytirishga alohida urg‘u berilib, yangi bozorlarni o‘zlashtirish, investitsiya va innovatsiyalarni keng jalb qilish, sayyohlar oqimini ko‘paytirish va eng muhimi – O’zbekiston imijini faol targ‘ib etish barcha diplomatik vakolatxonalarimizning asosiy vazifasiga aylanadi. Ushbu masalalar hozirgi vaqtda ishlab chiqilayotgan O’zbekiston tashqi siyosiy va iqtisodiy faoliyatining yangilangan konsepsiyasida o‘z ifodasini topishligi maqsad qilingan.

Dilbar USMONOVA,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,

O’zLiDeP fraksiyasi a’zosi.

  • Ko'rildi
    1221
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+