Partiya vakillari Ishtixondagi uchrashuvda korxona faollari yutuqlari bilan o‘rtoqlashdi

14.09.2021, 10:36

Partiya vakillari Ishtixondagi uchrashuvda korxona faollari yutuqlari bilan o‘rtoqlashdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Mavludaxon Xodjayeva  boshchiligidagi partiya faollari Ishtixon tumani “Maroqand sifat tekstil” MChJ ishchi xodimlari bilan uchrashdi. Uchrashuvda   korxona faollari  yutuqlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Bundan besh-olti yil oldin - olis tumanlarda tikuvchilik, to‘quvchilik fabrikalarining qurilishi hom xayol edi. Mamlakatimiz Prezidenti tashabbusi bilan Ishtixon tumanida qad rostlagan ushbu korxonada 500 nafardan ortiq qishloq ayollari va yoshlari ish bilan ta’minlangan. Bugun korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar Markaziy Osiyo va Hamdo‘stlik mamlakatlariga eksport qilinmoqda, - dedi  “Maroqand sifat tekstil” MChJ rahbari Sherali Husanov.

Uchrashuvda Mavludaxon Xodjayeva so‘zga chiqib,  joriy yilning 9 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan  Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining X s’ezdidan kelib chiqadigan dolzarb vazifalar haqida to‘xtaldi. Ma’ruzachi o‘z nuqtida keyingi yillarda mamlakatimizda ayollarni ish bilan ta’minlash , ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va maktab tizimini isloh qilish borasida dadil qadamlar tashlanganligini e’tirof etar ekan, kelgusida bu borada partiya o‘z oldida yuksak marralar qo‘yganliklarini qayd etdi.

“Yangi O’zbekiston – inson qadri ustuvor bo‘lgan jamiyat va xalqparvar davlatdir”.  Islohatlarimiz samarasini bugun har bir inson o‘z hayotida his etmoqda. Mamlakatimizda gender tenglikni ta’minlash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Senat raisi, elchi, tuman hokimi kabi o‘ta mas’uliyatli lavozimlar ayollarga ishonib topshirilgani ham bejiz emas. Bundan tashqari, O’zbekiston ayol deputatlar soni bo‘yicha dunyodagi 190 ta milliy parlament o‘rtasida 2015 yilda 128­o‘rinda bo‘lgan bo‘lsa, 2020 yilda esa 37­o‘ringa ko‘tarildi. Partiyamiz safidagi ayollar so‘nggi 5 yilda 50 foizga oshib, salkam 450 ming nafarni tashkil qilmoqda. Bu esa mamlakatimizda ayollarga berilayotgan ishonch va e’tibor deb bilaman, - dedi M.Xodjayeva.

Tadbirda O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi faollari partiyaning maqsad vazifalari haqida gapirdi.

Tadbir davomida mehmonlar “Maroqand sifat tekstil” MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    359
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+