Nomzodning saylovoldi dasturidagi eng ustuvor yo‘nalishlar bilan tanishtirildi

20.09.2021, 14:27

Nomzodning saylovoldi dasturidagi eng ustuvor yo‘nalishlar bilan tanishtirildi

O`zLiDeP Toshkent shahar Kengashi yoshlar bilan ishlash bo‘limi va O’zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi bilan hamkorlikda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O’zbekiston Milliy universtitetida Prezidentimizning “Yangi O’zbekiston strategiyasi” kitobi mazmun-mohiyati, ahamiyati va asosiy g‘oyalarini targ‘ib qilishga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Partiyamizdan ko‘rsatilgan nomzodning saylovoldi dasturidagi eng ustuvor masalalar bilan tanishtirib o‘tildi. Unda mamlakatimizda amalga oshirishi kerak bo‘ladigan barcha sohalarga alohida-alohida to‘xtatib o‘tildi.

Xususan, ijtimoiy sohadagi barcha islohotlarning pirovard natijasi, ta’lim-tarbiya tizimini qanday tashkil etishiga alohida e’tibor qaratilganligi, kelgusida uzluksiz ta’lim tizimi uchun milliy o‘quv dasturini joriy etish, ta’lim sifatini oshirish va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash muhim ekanligi aytib o‘tildi.

Eng avvolo, maktabgacha ta’limdagi qamrov darajasi, hozirgi 62 foizdan kamida 80 foizga yetkazish, 7 mingdan ziyod yangi bog‘cha tashkil etish, 2024 yil yakuniga qadar 6 yoshli bolalar maktabgacha tayyorlov tizimi bilan to‘liq qamrab olinishi natijasida kelgusi besh yilda tizimda 45 mingdan ortiq xotin-qizlar uchun qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilishi alohida e’tirof etildi.

Shuningdek, nomzod dasturida maktab va Oliy ta’lim bo‘yicha tizimli o‘quv dasturlar ishlab chiqish hamda bolalar soni o‘sib borayotganini inobatga olib, yangi maktablar qurish, xususiy maktablarni ko‘paytirish, ta’lim sifatini oshirishni nazarda tutuvchi maktablarni rivojlantirish davlat dasturi ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan.

Anjumanda universtitetning 100 nafar talabalari oflayn va 12000 nafar Oliy ta’lim muassasalarining navqiron avlodlari ZOOM platformasi orqali ishtirok etishdi.

O`zLiDeP Toshkent shahar Kengashi

Matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    202
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+