O’zbekistonda saylov kampaniyasi eng faol pallaga kirmoqda

20.09.2021, 16:02

O’zbekistonda saylov kampaniyasi eng faol pallaga kirmoqda

Barcha sohalarni demokratlashtirish va tubdan o‘zgartirish yo‘lidan borayotgan zamonaviy O’zbekiston jahon hamjamiyati uchun yanada ochiq bo‘lib bormoqda. Mamlakatda nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan yuqori baholanayotgan muhim o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Davlat organlari faoliyatining shaffofligi, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, islohotlarni amalga oshirishda demokratiyaning asosiy tamoyillariga rioya qilish - bularning barchasi iqtisodiyot, maorif va inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi o‘zgarishlarning mustahkam poydevorini tashkil etadi.

Mamlakatimizda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bilan bog‘liq jarayonlar tobora qizg‘in tus olmoqda.

Saylov qonunchiligining takomillashtirilayotgani prezidentlikka nomzodlarning teng huquqli tashviqoti kafolatlarini ta’minlashda muhim omil bo‘lmoqda. Asosiy siyosiy tadbirga tayyorgarlik iyul oyida boshlangan. Bir necha kun avval, 14 sentyabr kuni O’zbekiston Markaziy saylov komissiyasi (MSK) mamlakat prezidenti saylovida ishtirok etadigan uchun barcha nomzodlarni ro‘yxatga olgan edi. Endi partiyalar kampaniyaning eng faol pallasiga –  tashviqot tadbirlarini o‘tkazish davriga qadam qo‘ymoqdalar.

Eng muhimi, saylovoldi tashviqotini o‘tkazish maqsadida ommaviy axborot vositalaridan erkin foydalanish tartibi, hajmi va vaqti Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylovda ishtirok etish uchun ruxsat etilgan siyosiy partiyalarning fikrlarini inobatga olgan holda belgilanadi. Endi MSK qarorida quyidagilar belgilab beriladi:

bepul efir vaqti yoki bosma maydon bilan ta’minlangan davlat ommaviy axborot vositalari ro‘yxati;

saylovoldi tashviqotini o‘tkazish uchun davlat (respublika va mahalliy) tele- va radiokanallarida nomzodlarga taqdim etiladigan bepul efir vaqti hajmi, shuningdek ularni efirga uzatiladigan vaqti;

saylovoldi tashviqoti uchun davlat (respublika va mahalliy) bosma ommaviy axborot vositalarida nomzodlarga taqdim etiladigan bo‘sh bosma maydon hajmi, shuningdek, ular e’lon qilinadigan kunlar;

Saylovoldi tashviqoti davrida nomzodlarning ommaviy axborot vositalarida chiqishlari ketma-ketligi.

Saylovoldi tashviqoti davomida nomzodlarning ommaviy axborot vositalarida chiqishi siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etish huquqini olish tartibida amalga oshiriladi. Davlat ommaviy axborot vositalarida taqdim etiladigan erkin efir vaqti va bosma maydonlarining hajmi va vaqti tegishli OAV bilan oldindan kelishib olinadi.

Davlat tele- va radiokanallarida ajratiladigan bepul efir vaqti eng katta auditoriyani qamrab olish vaqtiga (praym-taym) to‘g‘ri keladi. Ya’ni, uni saylovchilarning eng keng doirasi ko‘rishi mumkin bo‘ladi. Bepul efir vaqtidan nomzodlar ommaviy debatlar, munozaralar, matbuot anjumanlari, intervyular, nutqlar, saylovchilar yig‘ilishlari, nomzod haqida videoroliklar joylash va hokazolar uchun foydalanadilar.

Ijtimoiy so‘rovnomalar natijalari tashviqotga bo‘lgan qiziqishni ko‘rsatadi. “Ijtimoy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan joriy yilda o‘tkazilgan so‘rov natijalari ham shundan dalolat beradi. Respondentlarning deyarli 90 foizi 2021 yilda O’zbekiston Respublikasi prezidenti saylovi o‘tkazilishini bilasizmi, degan savolga ijobiy javob berdi. Saylovchilarning yuqori xabardorligi mamlakatning barcha hududlari, erkaklar, ayollar, aholining turli yosh guruhlari va qatlamlari vakillari uchun xosdir. Bu raqamlar fuqarolarning siyosiy-huquqiy ongi sezilarli darajada oshganini bildiradi.

Nomzodlar, ularning ishonchli vakillari, nomzodlarni ko‘rsatgan siyosiy partiyalar tomonidan tayyorlanadigan, saylov tashviqoti doirasida tele- va radio kanallarga joylashtirishga mo‘ljallangan materiallar yuqori saviyada bo‘lishi, ularni tegishli tele va radio kanallari bilan hamkorlikda ishlab chiqilayotganini ko‘rsatadi.

Shu bilan birga, saylovoldi tashviqoti materiallari ularni taqdim etgan shaxslarning roziligisiz tahrir qilinishi mumkin emas. Nomzodlar, ularning ishonchli vakillari, nomzodlarni ko‘rsatgan siyosiy partiyalar o‘zlariga taqdim etilgan efir vaqti va bosma maydonidan erkin va o‘z xohishlariga ko‘ra foydalanadilar. Siyosiy partiyalar bilan o‘zaro kelishuvga binoan saylov tashviqoti materiallarining turlari, shakllari va mazmuni unifikatsiyalashtirilishi mumkin.

Saylovchilarga qulaylik yaratish maqsadida, saylovoldi tashviqoti materiallarini erkin efir vaqti va bosma maydon doirasida efirga uzatish va chop etish chog‘ida OAV ular saylovoldi tashviqoti materiallari ekanligini qayd etadi. Shuni ham ta’kidlab o‘tishimiz kerakki, ommaviy axborot vositalari saylovoldi tashviqoti davomida nomzodning ishlab chiqarish va xizmat vazifalarini bajarishini yoritishi mumkin va bu tashviqot tadbiri hisoblanmaydi.

Nomzodlarning saylovoldi faoliyatini axborot dasturlari va boshqa axborot materiallarida yoritishda ommaviy axborot vositalari:

teng shart-sharoitlar yaratishi, shu jumladan, dastur davomiyligi va hajmi bo‘yicha teng shart-sharoitlar yaratishi;

dasturlarni efirga uzatish va materiallarni nashr qilishni yagona axborot bloki sifatida qo‘llashi lozim.

Davlat va nodavlat ommaviy axborot vositalarida nomzodlarga efir vaqti yoki bosma maydon pullik asosda ham ajratilishi mumkin. Ommaviy axborot vositalari tomonidan belgilanadigan  efir vaqti, bosma maydon va boshqa talablar (tiraj, translyatsiya vaqti, joy, shrift va boshqalar) uchun to‘lov shartlari barcha nomzodlar uchun teng va bir xil bo‘lishi kerak. Pullik efir vaqti yoki bosma joy ajratish bilan bog‘liq munosabatlar OAV va siyosiy partiyalar o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.

So‘zimiz nihoyasida shuni qayd etamizki, barcha partiyalar saylovchilarga axborot yetkazish uchun o‘z vositalariga ham ega. Faqat O’zLiDeP ning o‘zida ularning bir nechtasi mavjud, masalan, “21 asr” gazetasi, www.uzlidep.uz, www.tiktok.com/@uzlidepuz, facebook.com/UzLiDeP, instagram.com/uzlidep, twitter.com/UzLiDeP1, ok.ru/uzlidep. Partiyaning 74,4 ming obunachiga ega https://t.me/uzlidep telegramm kanalida har kuni o‘rtacha 20 dan ortiq material e’lon qilinyapti.

Azamat Seitov,

O'zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya

qo‘mitasi bo‘limi mudiri

Teglar
  • Ko'rildi
    624
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+