Jizzaxda ishonchli vakil ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi

20.09.2021, 16:59

Jizzaxda ishonchli vakil ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi tomonidan brifing tashkil etildi.

Brifingda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Sh.Mirziyoyevning Jizzax viloyati bo‘yicha ishonchli vakili Bayram Uzakov, partiya Jizzax viloyat Kengashi raisi Erkin Xolmatov, mahalliy Kengash deputatlari, partiya faollari, OAV vakillari hamda blogerlar ishtirok etishdi.

Dastlab, partiyadan Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoeyevning tarjimai holi hamda saylovooldi dasturidagi ustuvor yo‘nalishlarini Jizzax viloyati bo‘yicha ishonchli vakili yig‘ilganlarga tanishtirib o‘tdi. So‘ngra Jizzax viloyat Kengashi raisi Erkin Xolmatov  “Yangi O’zbekiston – Yangi saylovlar” shiori ostida o‘tayotgan bu yilgi saylovlardagi yangiliklar, saylovoldi jarayonlarida viloyat partiya Kengashi tomonidan amalga oshirilgan targ‘ibot tadbirlari haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tdi.

Brifing davomida ishonchli vakil ishining maqsad va vazifalari, shuningdek, ishonchli vakilning ish rejalari hamda ishlash mexanizmlari haqida ma’lumot berildi.

Saylov targ‘iboti davomida ishonchli vakil viloyatning barcha tuman va shaharlarida, turli tashkilotlar, muassasalar, korxonalarda har xil sohalar vakillari bilan yuzma-yuz muloqot qilishi, jumladan,  ommaviy uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan. Muloqotlarda ishonchli vakil faoliyatining bosh maqsadi - Prezidentlikka nomzod dasturida belgilangan asosiy g‘oya va maqsadlarni fuqarolarga jonli, hayotiy misollar orqali, samimiy suhbat va savol-javoblar asnosida tushuntirishga, shu bilan birga joylarda mavjud masalalar yuzasidan ham fikrlashishga asosiy e’tibor qaratiladi.

Brifing davomida ishonchli vakil, O’z oldiga mamlakat taraqqiyotini yangi, yanada yuqori bosqichiga ko‘tarishdek buyuk maqsadni qo‘ygan Yangi O’zbekistonda Prezident saylovi bu yil yangi milliy saylov qonunchiligi, umume’tirof etilgan xalqaro standartlarga mos, demokratik tamoyillar asosida va butunlay yangi sharoitda o‘tishiga ishonchi komil ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

                                 O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

 matbuot markazi

    

Teglar
  • Ko'rildi
    342
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+