Ishonchli vakil poplik saylovochilar bilan uchrashdi

21.09.2021, 10:44

Ishonchli vakil poplik saylovochilar bilan uchrashdi

Xabaringiz bor, 20 sentyabrdan Prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqotiga start berildi!

Pop shahridagi 7-sonli Bolalar san’at va musiqa maktabida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Prezidenlikka nomzod Sh.Mirziyoyevning Namangan viloyati bo‘yicha  ishonchli vakili Ikromxon Najmiddinovning saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda ishonchli vakil I.Najmiddinov O’zLiDePdan Prezidentlikka nomzod Sh.Mirziyoyevning saylov oldi dasturi, nomzodning to‘liq tarjimai xoli, saylov oldi tashviqot va targ‘ibot ishlari va boshqa ko‘plab ma’lumotlarni berib o‘tdi.

Ishonchli vakil Ikromxon Najmiddinov nomzodning tarjimai holi, keyingi besh yil ichida barcha soxalarda amalga oshirilgan islohotlar, xususan, xalq davlat  idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak, degan tamoyilning amaldagi ijrosi, iqtisodiyotni rivojantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, "Obod qishloq", "Obod mahalla" dasturlari asosida viloyatda amalga oshirilgan ishlar, arzon uy-joylar qurilishi, yangi ish o‘rinlari yaratish borasida erishilgan natijalar haqida so‘z yuritdi.

Tadbir davomida nomzodimizning "Yangi O’zbekiston strategiyasi" nomli kitobida ilgari surilgan g‘oyalar, unda belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar xususida ham tushunchalar berib o‘tdi. Tuman faollari mamlakatimizda o‘tgan besh yilda qo‘lga kiritilgan yutuqlar va saylovoldi dasturida belgilangan vazifalarga o‘z munosabatlarini bildirgan holda saylovda eng munosib nomzodga ovoz berishga chaqirdi.

O’zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    393
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+