Qashqadaryoda ishonchli vakil ishtirokida brifing o‘tkazildi

21.09.2021, 15:43

Qashqadaryoda ishonchli vakil ishtirokida brifing o‘tkazildi

Qarshi shahridagi “Jurnalistlar uyi”da  O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Qashqadaryo viloyati bo‘yicha ishonchli vakili, O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i – Temur Olimovich Poyonov ishtirokida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun brifing bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengash deputatlari, jamoat tashkilotlari vakillari hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Temur Poyonov brifingda Markaziy saylov komissiyasining shu yil 15 sentyabrdagi qaroriga asosan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod – Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Qashqadaryo viloyati bo‘yicha ishonchli vakili sifatida rasman ro‘yxatga olingani aytdi va Markaziy saylov komissiyasining shu yil 17 sentyabrda qabul qilgan qaroriga asosan Prezidentlikka nomzodning saylovoldi tashviqotini olib borishda zimmasiga mas’uliyatli vazifa yuklanganini bildirdi.

-Davlat organlari va jamoat birlashmalari, saylov komissiyalari bilan bo‘ladigan munosabatlarda, albatta, nomzodning manfaatlarini qo‘llab-quvvatlayman, - dedi u. - Targ‘ibot jarayonini demokratik asoslarda, ochiqlik va adolat tamoyillariga mos ravishda o‘tishida bor bilim va mahoratimni ishga solaman. Viloyatimizning barcha tuman va shaharlarida, turli tashkilotlar, muassasalar, korxonalarda har xil sohalar vakillari bilan yuzma-yuz muloqot qilish, jumladan, yirik ommaviy uchrashuvlar o‘tkazib, Prezidentlikka nomzod dasturida belgilangan asosiy g‘oya va maqsadlarni fuqarolarga jonli, hayotiy misollar orqali, samimiy suhbat va savol-javoblar asnosida yetkazishda jonbozlik ko‘rsataman.

Brifingdan so‘ng Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili T. Poyonov respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalariga intervyu berdi.

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    783
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+