Buxoroda ishonchli vakil saylovoldi tarig‘bot tadbirlarini boshladi

21.09.2021, 15:49

Buxoroda ishonchli vakil saylovoldi tarig‘bot tadbirlarini  boshladi

Buxoro viloyatida O’zLiDePdan nomzod Shavkat Mirziyoyevning ishonchli vakili Samoydin Husenov saylovoldi targ‘ibot ishlarini boshladi. Uchrashuvlar avvalida S.Xusenov tumanda turli soha vakillaridan tuzilgan targ‘ibot guruhi a’zolari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida ularga targ‘ibotning mazmun-mohiyati, guruh a’zolarining asosiy vazifalari, tadbirlar davomida qanday masalalar alohida e’tibor talab qilinishi to‘g‘risida tushunchalar berildi. Ushbu targ‘ibot guruhi a’zolari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuniga qadar hududda targ‘ibot ishlarini olib borishadi.

Romitan tumanidagi targ‘ibot tadbirlarining ilk manzili tumandagi “Bog‘i Turkon” nomli madaniyat markazi bo‘ldi. 

Nomzodning ishonchli vakili Samoydin Xusenov O’zLIDePdan nomzod sifatida ko‘rsatilgan Shavkat Mirziyoyevning tarjimai holiga to‘xtalib o‘tdi. O’tgan 5 yil davomida amalga oshirgan faoliyatlariga to‘xtalib, mamlakatimiz, xususan, hududda yuz bergan o‘zgarish va yangiliklarni aytib o‘tdi.  Shu bilan bir qatorda nomzodning saylovoldi Dasturi bilan yig‘ilganlarni tanishtirib o‘tdi.

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev o‘z saylovoldi dasturida vatanimizni yanada ravnaq toptirishga, xalqimiz salohiyatini to‘laroq ro‘yobga chiqarishga yo‘naltirilgan maqsadlar, vazifalarni ilgari surmoqda. Bu vazifalar nihoyatda keng qamrovli bo‘lib, davlatimiz, jamiyatimizning barcha jabhalariga taalluqlidir. Ulardan ko‘zlangan pirovard maqsad –  O’zbekistonda inson qadrini yanada yuksaltirish, xalqimiz turmushi farovonligini bundanda oshirish, “davlat – insonlar uchun” degan xalqchil g‘oyani to‘la amalga tatbiq qilishdan iboratdir.

Dasturning har bir bandi xalq manfaatiga xizmat qilishi, har satri faqat va faqat inson qadrini eng yuksaklarga ko‘tarishni maqsad qilgan.

Uchrashuvda keksa pedagog, “O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” Luqmon Badalov so‘zga chiqib, nomzod to‘g‘risida o‘z fikrlarini aytib o‘tdi. Pedagog sifatida o‘tgan besh yil davomida ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlarni alohida ta’kidladi. Xususan, maktabgacha ta’lim muassasasi sohasiga qaratilgan e’tibor sabab, bolalarning shinam va ko‘p sonli muassasalarda ta’lim olish imkoniyati yaratilganini aytib, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim sifatining ortgani, o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlariga o‘quvchilarning qaytganini ham bildirib o‘tdi. Shuningdek, hozirda ta’lim berish uchun yaratilgan imkoniyatlar va ularga javoban pedagoglarning ham bilimlarini oshirishga katta e’tibor qaratilganini bildirdi. Luqmon Badalov o‘z so‘zida majburiy mehnatga chek qo‘yilganligi, o‘qituvchilarning davomiy tarzda attestatsiyadan o‘tkazilishi va shunga yarasha maosh olishi, umuan, har bir islohot zamirida inson manfaati ustun ekanliligiga alohida e’tibor qaratdi.

Tuman Kengashi deputati Maxfirat Atoyeva ham so‘zga chiqib, asosan, iqtisod yo‘nalishida amalga oshirilgan islohotlarga alohida e’tibor qaratdi. Pensiya masalalarning qayta ko‘rib chiqilishi, ayniqsa, plastik va naqd pul munosabatlarining  tartibga solinganligi ko‘pgina muammolarga chek qo‘yganini bildirdi. Shu bilan bir qatorda kambag‘alchilikni qisqartirish borasidagi o‘zgarishlar ko‘p ming sonli oilalarning turmush farovonligini oshirishga xizmat qilganini aytib, nomzodning har bir topshirig‘ida, har bir yangi qabul qilingan qonunlarda inson omili birinchi o‘rinda turishini mamnuniyat bilan ta’kidladi.

Uchrashuv davomida “Yangi O’zbekiston strategiyasi” kitobining taqdimoti ham o‘tkazildi. Kitobning asosiy mazmun-hmohiyatiga to‘xtalib o‘tildi.

Zarnigor  Nafiddinova,

O‘zLiDeP Buxoro viloyat  Kengashi

matbuot  kotibi 

Teglar
  • Ko'rildi
    344
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+