Soliqchilar saylovda o‘zlari tanlagan nomzodga ovoz berishadi

22.09.2021, 11:38

Soliqchilar saylovda o‘zlari tanlagan nomzodga ovoz berishadi

Qashqadaryo viloyat Davlat soliq boshqarmasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal demokratik partiyasidan  ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning saylovoldi dasturida belgilangan ustuvor vazifalar targ‘ibotiga bag‘ishlangan “Yangi O’zbekiston – xalqchil va insonparvar davlat!” shiori ostida tadbir tashkil etildi.

Unda partiyaning viloyat Kengashi mas’ul xodimlari, viloyat Davlat soliq boshqarmasi xodimlari va BPT a’zolari  ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar partiyadan ko‘rsatilgan nomzodning saylovoldi dasturidagi har bir band xalq manfaatiga xizmat qilishi, har satri faqat va faqat inson qadrini eng yuksaklarga ko‘tarishni maqsad qilganiga alohida e’tibor qaratilganini ta’kidlashib, barchani joriy yilning 24 oktyabrida o‘tkazilishi belgilangan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida Shavkat Mirziyoyev nomzodini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdilar.

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyevning “Yangi O’zbekiston strategiyasi” kitobi mazmun-mohiyati, ahamiyati va asosiy g‘oyalari targ‘ibotiga ham  e’tibor qaratildi.

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    321
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+