Siyosiy o‘quvlar partiya xodimlari malakasini oshirishga xizmat qiladi

15.02.2018, 20:56

Siyosiy o‘quvlar partiya xodimlari malakasini oshirishga xizmat qiladi

O‘zLiDeP partiya tizimida mehnat qilayotgan qadrlarning siyosiy bilim va ko‘nikmalarini oshirishga o‘zining ustuvor vazifasi sifatida qaraydi. Shu bois muntazam ravishda partiya hududiy Kengashlarida ishlayotgan xodimlarning malakasini oshirish uchun o‘quv kurslari tashkil etib kelinmoqda. Bugun poytaxtimizdagi “Shodlik” mehmonxonasida ana shunday o‘quvlarning navbatdagi boshlandi.

O‘quvda hududiy partiya tashkilotlarining ayollarning siyosiy faolligi, jamiyatdagi o‘rni va mavqeini oshirish, yoshlar bilan ishlash, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, hamda biznes tuzilmalari va fermerlar bilan ishlash bo‘limlarining xodimlari ishtirok etmoqda.

– Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasi siyosiy partiyalar faoliyatini tubdan yangilashni taqazo etmoqda, – deydi partiya Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi siyosiy ta’lim markazi rahbari Barno Abdullayeva. – Shu bois bu kabi o‘quvlarni tez-tez o‘tkazishni hayotning o‘zi taqazo qilayotir. Chunki bunday tadbirlar bugungi kunning o‘tkir talablaridan kelib chiqib, faoliyatimizni tanqidiy-tahliliy qayta ko‘rib chiqish imkonini yaratadi. Bugungi o‘quvda ham Yurtboshimiz Murojaatnomasidan kelib chiqadigan vazifalar mazmun-mohiyatini keng muhokama etishni rejalashtirganmiz. Bundan tashqari, Prezidentimizning “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid  Davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonidan kelib chiqadigan O‘zLiDePning ustuvor vazifalarini muhokama etamiz. Bu esa partiya tizimida ishlayotgan xodimlarning siyosiy bilimlarini oshirishi, shubhasiz.

O‘quvda partiya Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi xodimlari, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zolari va soha mutaxassislari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etmoqda.

O‘zLiDeP matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1248
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+