Ishonchli vakilning uchrashuvlari partiyaning targ‘ibot aksiyalariga hamohanglik kasb etmoqda

22.09.2021, 15:03

Ishonchli vakilning uchrashuvlari partiyaning targ‘ibot aksiyalariga hamohanglik kasb etmoqda

O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi tashabbusi bilan viloyat ko‘chalari bo‘ylab saylovoldi targ‘ibot aksiyasi tashkil etildi.

“Inson qadri uchun!” shiori ostida o‘tkazilgan aksiyada partiyaning Yoshlar qanoti faollari shahar bo‘ylab avtobuslarda O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod  Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturida belgilangan yunalishlar bo‘yicha tashviqkot tadbirlarini amalga oshirdilar. Mazkur aksiyada Yoshlar qanoti faollari tengdoshlarini ezgu bir kuch ostida birlashishga hamda partiya nomzodiga ovoz berishga chaqirdilar.

Ishonchli vakilning navbatdagi uchrashuvi Andijon shahridagi mahalla fuqarolar yig‘inlari vakillari bilan davom etdi. Andijon shahridagi viloyat kasaba uyushmalari birlashmasida bo‘lib o‘tgan mazkur muloqotda Markaziy saylov komissiyasining shu yil 15 sentyabrdagi qaroriga asosan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod  Sh. M. Mirziyoyevning Andijon viloyati bo‘yicha ishonchli vakili sifatida ro‘yxatga olingan viloyat Nuroniylar jamg‘armasi raisi O’ktamjon Oxunov saylovchilarga nomzodning tarjimai holi, faoliyati, saylovoldi dasturi bo‘yicha batafsil tushunchalar berdi.

- Nomzodning saylovoldi dasturi bilan tanishar ekanmiz, so‘nggi besh yillikdagi ezgu islohotlarning mantiqiy davomini ko‘ryapmiz, - deydi viloyat IIB faxriylar Kengashi raisi Tursunboy Rustamov. – Xususan, dasturda vatanimizni yanada ravnaq toptirishga, xalqimiz salohiyatini to‘laroq ro‘yobga chiqarishga yo‘naltirilgan maqsadlar, vazifalar ilgari surilgan. Ta’kidlashdan charchamayman: unda yagona pirovard maqsad –  O’zbekistonda inson qadrini yanada yuksaltirish, xalqimiz turmushi farovonligini bundanda oshirish, “davlat – insonlar uchun” degan xalqchil g‘oyani to‘la amalga tatbiq qilishdan iboratligi yaqqol ko‘zga tashlanadi.

Ishonchli vakil tomonidan dasturning har bir bandi xalq manfaatiga xizmat qilishi, har satri faqat va faqat inson qadrini eng yuksaklarga ko‘tarishni maqsad qilgani alohida qayd etildi.

Aytish joizki, uchrashuvda ishonchli vakil faoliyatining bosh maqsadi - Prezidentlikka nomzod saylovoldi dasturida belgilangan asosiy g‘oya va maqsadlarni fuqarolarga jonli, hayotiy misollar orqali, samimiy suhbat va savol-javoblar asnosida tushuntirishga, shu bilan birga joylarda mavjud masalalar yuzasidan ham fikrlashishga asosiy e’tiborini qaratdi.

O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    329
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+