Ishonchli vakil: Viloyatimizdagi 36 ta maktabning bitiruvchilari 100 foiz oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirdi
24.09.2021, 16:44

Prezidentlikka nomzod Sh.Mirziyoyevning Navoiy viloyati bo‘yicha vakili Q.Sanaqulov bugun Navbahor tumanining keskanterak mahallasida o‘rtata’lim maktablari o‘qituvchilari va navbahorlik yoshlar bilan uchrashdi.
Ishtirokchilar Prezidentlikka nomzod ishonchli vakilini qizg‘in kutib olishdi.
Dastlab ishonchli vakil o‘tgan yillar mobaynida respublikamizda amalga oshirilgan ulkan o‘zgarishlar haqida gapirib, bu o‘zgarishlarni aynan Navbahor tumani kesimida misollar bilan aytib berdi.
Jumladan, tumanda so‘nggi yillarda 5 ta yangi maktab qurib, foydalanishga topshirilgan.
Maktabgacha ta’lim qamrovi esa 13 foizdan 42 foizga ko‘tarilgan. 4 ta yangi bog‘cha qurilgan. 6 ta bog‘cha qayta ta’mirlangan. Shu bilan birga 35 ta oilaviy bog‘chalar tashkil etilgan.
Oliy ta’lim qamrovi haqida gapirsak agar, ko‘rsatkich o‘tgan yili 9 foiz bo‘lsa, bu yil 29 foizga ko‘tarildi.
Mana shu yil qabul jarayonlarida viloyatimizdagi 36 maktabning bitiruvchilari 100 foiz OTMga o‘qishga kirdi. Ana talabalikka qabul qilinganlarning 10 tasi Navbahor tumani maktabi o‘quvchilari bo‘ldi. Bu ham bo‘lsa bevosita mamlakatimizda olib borilgan islohotlar, ta’limga bo‘lgan e’tiborning natijasidir, - dedi ishonchli vakil o‘z so‘zida.
Shundan keyin ishonchli vakilning yig‘ilganlar bilan muloqotlari boshlanib, ustozlar tomonidan fikrlar bildirildi. So‘zga chiqqanlar o‘tgan yillar haqiqatan ham buyuk o‘zgarishlar yillari bo‘lganini ta’kidlashdi va bunday ulug‘ ishlarning boshida Sh.Mirziyoyev turganligini e’tirof etishdi.
M.Pirnafasova,
O’zLiDeP Navoiy viloyat kengashi matbuot kotibi
Fikringizni qoldiring
O'xshash yangiliklar
-
Istiqbolli rejalar - oliy maqsadlar ro‘yobiga xizmat qiladi
22.10.2021, 19:03
-
Fransiyalik xalqaro kuzatuvchilar bilan uchrashuv
22.10.2021, 18:59
-
Shavkat Mirziyoyev jizzaxlik saylovchilar bilan uchrashdi
21.10.2021, 16:14
-
O’zLiDeP tomonidan ommaviy axborot vositalari uchun brifing tashkil qilindi
20.10.2021, 17:03
-
Toshkentlik saylovchilar bilan ochiq muloqot bo‘ldi
19.10.2021, 16:44
Bildirilgan fikrlar
Дилшод2021-09-27 11:23:44
КУВОНДИК САНАКУЛОВИЧНИНГ айтилган гаплар хаммаси хакикат,йилсайин узгаришлар юкорилаб бормокда,албатта призидентимиз Шавкат Миромоновичнинг олиб бораетган сиесатлари турубди