Ishonchli vakil: “Shahrisabzlik yoshlarni ulug‘ ajdodlarimizga munosib voris bo‘lishiga ishonaman...”

24.09.2021, 17:37

Ishonchli vakil: “Shahrisabzlik yoshlarni ulug‘ ajdodlarimizga munosib voris bo‘lishiga ishonaman...”

Saylov xalq irodasini, e’tiqodini sinovdan o‘tkazadi, jonajon Vatanga ixlosi, e’tibori va daxldorligini yuksaltiradi. Bu yilgi saylovlarning demokratik tamoyillarga mos tarzda o‘tkazilayotgani O’zbekistonda xalqparvar va adolatli jamiyat barpo etilayotganiga aniq bir misol bo‘la oladi.

O’zbekiston Prezidentligiga Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod – Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Qashqadaryo viloyati bo‘yicha ishonchli vakili Temir Olimovich Poyonovning viloyat tumanlari bo‘ylab saylovchilar bilan o‘tkazayotgan uchrashuv va muloqotlarida yuqorida zikr etilgan fikrlar saylovchilar tomonidan e’tirof etilmoqda.

Shahrisabz tumanidagi madaniyat saroyida o‘tkazilgan uchrashuvda ishonchli vakil yosh saylovchilar huzurida Prezidentlikka nomzodning tarjimai holi, bosib o‘tgan hayot yo‘li haqida gapirar ekan, uning yurtimizdagi hayotiy yangilanishlarda, farovon va go‘zal hayot qurish yo‘lida olib borayotgan mislsiz sa’y-harakatlariga yuksak baho berdi.

- Buyuk bobokalonimiz sohibqion Amir Temur yurti Shahrisabzda kamolga yetayotgan yigit-qizlar ulug‘ ajdodimizga munosib vorislar bo‘lishiga men ishonaman, - dedi T. Poyonov o‘z so‘zida. – Aminmanki, fan, madaniyat, ma’rifat, ma’naviyat beshigi bo‘lgan Shahrisabzda uchinchi Renessansga poydevor qo‘yishda muhim qadamlar tashlanadi. Bunda siz yoshlarning hissangiz katta bo‘ladi.

Uchrashuvda hunarmandlar, o‘qituvchilar, fermerlar va ziyolilar so‘zga chiqishib, mamlakatimizda shu yil 24 oktyabrda o‘tkaziladigan Prezidentlik saylovida o‘zlari tanlagan munosib nomzodga ovoz berishlarini bildirishdi.

-Mamlakatimida o‘qituvchi mehnati juda qadr topayapti, - dedi Shahrisabz shahridagi 1-kasb-hunar maktabi fizika fani o‘qituvchisi Madina Ro‘ziyeva. –Har bir soha vakili , jumladan o‘qituvchilar erkin va to‘laqonli ish faoliyatini olib borish uchun imkoniyatlar kengaymoqda. Bunag biz o‘zimizning samarali mehnatimiz bilan hissa qo‘shamiz.

Shu kuni ishonchli vakil Shahrisabz tumanidagi Mo‘minobod qishlog‘ida joylashgan 16-kasb-hunar maktabida ham yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvlarda Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatlari – Gulshana Xudoyorova, Qahramon Ergashev va Shahnoza Xolmahmatova so‘zga ishtirok etishdi va so‘zga chiqishdi.

  O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    402
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+