Ishonchli vakil bandixonliklar bilan yuzlashdi

27.09.2021, 16:28

Ishonchli vakil bandixonliklar bilan yuzlashdi

Surxondaryo viloyatidagi Bandixon tumani tugatilib, qo‘shni tumanlarga qo‘shilgan edi. Bu vaqt oralig‘ida hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdan ancha ortda qolib ketdi. Aholining turmush sharoitida tub o‘zgarishlar sezilmadi.

Shu bois, 2020 yilda davlat rahbari - Sh.Mirziyoyevning bevosita e’tibori bilan tuman qayta tiklandi va 2020-2022 yillarda tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi qabul qilindi.  Bandixon tumanida hozirda 76 ming aholi istiqomat qiladi. Qayta tashkil topganiga bir yarim yildan oshgan hududning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishida o‘sish kuzatildi. Xususan, 2020 yilda sanoat  maxsulotlari ishlab chiqarish 6.2 mlrd so‘mni tashkil etib, 105.9 foizni, halq iste’mol mollari 2.9 mlrd.so‘m 127.8 foizni, qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotlari 658.9 mlrd.so‘m, 106.3 foizni, kapital qo‘yilmalar 50.6 mlrd.so‘m 108.2 foizni, pudrat ishlari 35.7 mlrd.so‘m 111.8 foizni, chakana savdo aylanmasi 64.2 mlrd so‘m 102.2 foizni, xizmatlar 64.5 mlrd so‘m 102.2 foizni, eksport ishlari xajmi 3109 ming AQSh dollar yoki, 105.2 foizni tashkil etdi.

Tumanda 1 ta kichik sanoat zonasi uchun 4.2 gektar yer maydoni ajratilib, uning 1,6 gektiraga qiymati 1,7 mlrd.so‘mlik 14 ta loyiha joylashtirildi. Bu loyihalar ishga tushgach, 310 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi.

Bugungacha esa umumiy  qiymati 1 936,5 mlrd.so‘m hisobiga 13 loyiha foydalanishga topshirilgan.

Bu ham odamlar hayotida yuz bergan bir o‘zgarish aslida!

Ishonchli vakilning Bandixon tumanidagi "Chinor" mahallasining mehnatkash va qalbi ochiq xalqi bilan o‘tgan uchrashuvda ana shular xususida so‘z bordi. Unda so‘zga chiqqanlar anchayin iliq fikrlarni bildirishdi, eng avvalo, tumanning qayta tashkil etilishidan, tez orada tuman aholisi To‘palangdan quvur tortib kelingach, toza ichimlik suvi bilan ta’minlanishidan juda mamnun ekanliklarini sodda qilib, jaydari tilda aytishdi.

Tadbir nihoyasida mahallaning yoshu keksasiyu O’zLiDeP nomzodini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Hazratqul Xo‘jamqulov ham ishtirok etdi.

O’zLiDeP Surxondaryo viloyat kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    265
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+