Ishonchli vakilning tashabbuskor fikrlari paxtaobodliklar uchun munosib tanlov qilishlariga sabab bo‘ldi

27.09.2021, 16:45

Ishonchli vakilning tashabbuskor fikrlari paxtaobodliklar uchun munosib tanlov qilishlariga sabab bo‘ldi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga O’zLiDePdan nomzod Shavkat Mirziyoyevning Andijon viloyati bo‘yicha ishonchli vakili O’ktamjon Axunovning paxtaobodlik saylovchilar bilan uchrashuvida partiya viloyat Kengashi raisi Xurshidaxon Xalilova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlar deputatlari ishtirok etdilar.

Ochiq muloqotda dastlab ishonchli vakil tomonidan tuman ahli vakillariga nomzodning so‘nggi besh yillikdagi faoliyati, targ‘ibot-tashviqot ishlari, saylovoldi dasturi hayotiy misollar orqali tushuntirildi. “Yangi O’zbekiston strategiyasi” kitobi mazmun-mohiyati yig‘ilganlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Uchrashuvda so‘z olgan partiya nomzodini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

 matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    205
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+