Ishonchli vakil shovotlik saylovchilar bilan uchrashdi

27.09.2021, 16:54

Ishonchli vakil shovotlik saylovchilar bilan uchrashdi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning Xorazm  viloyati bo‘yicha ishonchli vakili Amin Vapayev shovotlik  saylovchilar bilan uchrashdi.

Tumandagi “UZTEX SHOVOT” MChJda o‘tkazilgan uchrashuvda O'zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi raisi Islom Fayzullayev hamda ishonchli vakil nomzodning saylovoldi dasturining muhim yo‘nalishlarini aytib o‘tdi.

Xususan, dasturda aniq rejalar, ulug‘ maqsadlar, ya’ni, O’zbekistonni rivojlangan mamlakatlar qatoriga olib chiqish uchun ko‘zlangan amaliy ishlar haqida so‘z borishi ta’kidlandi.

Shuningdek, saylovoldi dasturda kelgisi 5 yillikda viloyatda 250 mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratish maqsadi qo‘yilgan. Ularning 100 mingi mahallalarda tadbirkorlikni keng joriy etish orqali tashkil etiladi. Turizm xizmatlarini kamida 5 barobarga oshirish bo‘yicha alohida dastur qabul qilinadi. 12 ming gektar paxta va g‘alla maydonlari qisqartirilib, aholiga ochiq tanlov asosida ijaraga beriladi. Shuningdek, transport, ta’lim, tibbiyot, ekologiya va boshqa ijtimoiy sohalardagi rejalar ham ma’lum qilindi.

Bundan tashqari, iqtisodiyotda ilm va innovatsiyalarga asoslangan rivojlanish hisobidan yangi texnologiyalar va qo‘shilgan qiymat zanjirlarini ko‘paytirish orqali, mehnat samaradorligida ham qilinishi shart bo‘lgan tub o‘zgarishlar saylovoldi dasturda o‘z ifodasini topgan.

Jumladan, “drayver” sohalarda, “xomashyodan – tayyor mahsulotgacha” degan tamoyil asosida, sanoat klasteri tizimini rivojlantirishni yo‘lga qo‘yish orqali kelgusi besh yilda sanoat mahsulotlari hajmini oshirishga erishilishi e’tirof etildi.

Bir so‘z bilan aytganda, Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturi barcha soha va tarmoqlarni yanada rivojlantirishni o‘z ichiga olgan.

Uchrashuvda so‘z olgan Xalq deputatlari Shovot tuman Kengashi deputati, korxona bosh shifokori Muhabbat Yaxshimuratova so‘z olib nomzodimiz tomonidan o‘tgan 5 yillikda qo‘shni davlatlar bilan do‘stona aloqalar o‘rnatilgani, xalqimizning tinch hotirjam faravon hayot kechirayotgani xususida gapirdi.

Shuningdek, saylovchilar bilan uchrashuv davomida so‘z olganlar yurtimizda keyingi 5 yillikdagi islohotlar samarasini o‘z hayotlari misolida gapirib, yaratilgan imkoniyatlardan mamnunligini e’tirof etishdi. Barcha islohotlarning bosh maqsadi inson uning qadri, erkin va farovon yashashi uchun qaratilganligini ta’kidlab, barchani Shavkat Mirziyoyev nomzodini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdilar.

 

Teglar
  • Ko'rildi
    440
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+