Ishonchli vakil ellikqal’alik yoshlar bilan muloqot qildi

28.09.2021, 15:55

Ishonchli vakil ellikqal’alik  yoshlar bilan muloqot qildi

Avval xabar berganimizdek, Sh.Mirziyoyevning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha ishonchli vakili Abat Daniyarov respublikmizning barcha tuman va shaharlarda eng chekka hududlarda saylovchilar bilan uchrashmoqda.

Ana shunday uchrashuvlarning navbatdagisi Ellikqal’a va Beruniy tumanlarida bo‘lib o‘tdi.

 Ellikqal’a tumani madaniyat saroyida tashkil qilingan uchrashuvda ishonchli vakili Abat Daniyarov barcha yig‘ilganlarga “Inson qadri uchun” tamoyili asosida Prezidentlikka  nomzod  Shavkat Mirziyoyevning tarjimai holi, so‘nggi besh yillikdagi faoliyati va kelgusi yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan 5 yillik saylovoldi  dasturi  bilan  yaqindan tanishtirib o‘tdi.

Ishonchli vakil, mamlakatimizdagi ish o‘rinlarini ko‘paytirish, so‘nggi besh yillikda tadbirkorlar, fermerlar, o‘qituvchi va nuroniylarga ko‘rsatilgan yuksak e’tibor va odilona yuritilayotgan siyosatlarning ham tashabbuskori Shavkat Mirziyoyev ekaniga alohida urg‘u berib faxr bilan gapirib o‘tdi.  

Sh.Mirziyoyevning "Yangi O’zbekiston strategiyasi" kitobining  mazmun-mohiyati,  unda  ilgari surilgan fikr va g‘oyalar haqida saylovchilarga targ‘ibot qilinib,  kitobning naqadar xalqchil ekanini ochib berdilar.  Bundan   tashqari  uchrashuvda  faxriy  nuroniylar, deputatlar va elektorat vakillarining ham fikr va takliflari  tinglandi.

Nomzodning saylovoldi  dasturi  bilan tanishar  ekanman, barcha sohalar singari tadbirkorlik sohasini yanada  qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilganligi bilan ahamiyatli. Yakka tadbirkor sifatida O’zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlayman va barchani saylovda nomzodimizga ovoz berishga chaqirib qolaman. 

Ishonchli vakili  Abat Daniyarov  Ellikqal’adagi uchrashuvi davomida tuman yoshlari bilan ham uchrashdi.  

- Meni judayam to‘lqinlantirgan jihatlaridan biri bu albatta biz yoshlarga katta  e’tibor  qaratilib  yuqori ishonch berilishi bo‘ldi, - deydi Ellikqal’alik  yosh tadbirkor Shaxodat Mamutova.

Ertaga  shu  yoshlar Uchinchi  renessans  vakillari  bo‘ladi  degan bir og‘iz so‘zi biz yoshlarga ishonchning yuqori darajasida ekanligidan darak beradi. O’zLiDeP faoli sifatida barcha yoshlarimizni nomzodimizni qo‘llab-quvvatlashga chaqiraman.   

Ishonchli vakilning saylovichlar bilan uchrashuvi Beruniy tumanida ham   ko‘taringki ruxda tashkil qilindi. 

  O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    350
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+