O‘zLiDeP nomzodiga ovoz bering! Yoshlar uchun yangi imkoniyatlar davri boshlanadi

28.09.2021, 15:57

O‘zLiDeP nomzodiga ovoz bering! Yoshlar uchun yangi imkoniyatlar davri boshlanadi

Bugungi kunda mamlakatimiz aholisi 35 millionga yetdi, 2026 yilga borib esa, 38 milliondan oshishi kutilmoqda. Aholimizning qariyb 55 foizini yoshlar tashkil etadi. O‘zLiDeP a’zolari soni ham hozirgi kunda bir milliondan oshiq va 60 foizini yoshlar tashkil etadi.

Joriy yilda O’zbekistonda Respublikasi Prezidenti saylovida qatnashish uchun saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatiga kiritilgan 21,3 mln. nafar saylovchidan qariyb 7 mln. nafari 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni tashkil etadi.

Shulardan 880 155 nafari bu yil ilk marotaba o‘zining saylov huquqidan foydalanadi.

O’zbekiston Liberal demokratik partiyasi tomonidan ilgari surilayotgan nomzod Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturida ertamiz egalari uchun munosib sharoitlarni yaratish, Yangi O’zbekistonning munosib avlodlari bo‘lishlari uchun o‘z iqtidorlarini to‘la namoyon etishlari uchun barcha imkoniyatlar ishga solingan holda yangi-yangi imkoniyatlar eshigi ochilajagini alohida qayd etib o‘tilgan.

Xususan, kelgusida uzluksiz ta’lim tizimi uchun milliy o‘quv dasturini joriy etish, ta’lim sifatini oshirish va raqobat-bardosh kadrlar tayyorlash maqsadida maktabgacha ta’limdagi qamrov darajasi, hozirgi 62 foizdan kamida 80 foizga yetkazish, maktab ta’limi tizimi uchun o‘quv dasturlari va darsliklar ilg‘or xorijiy tajriba asosida to‘la qayta ishlanib, 2026 yilga qadar amalda joriy etilishi, xususiy oliygohlarda ta’lim olayotgan talabalarga ham, 7 yillik ta’lim kreditini olish tartibi joriy etiladi.

Talabalarning yashash sharoitini yaxshilash uchun, kelgusi besh yilda qariyb 100 ming o‘rinli talabalar yotoqxonalari barpo etiladi. Oliy ta’limda sifat va raqobat muhitini kuchaytirish maqsadida, 2026 yilgacha xususiy oliygohlar soni kamida 50 taga yetkaziladi.

Zamonaviy, erkin va ijodiy fikrlaydigan yoshlar uchun imkoniyatlarni yanada kengaytirish maqsadida “El-yurt umidi jamg‘armasi” orqali, ularni nufuzli xorijiy oliygohlardagi bakalavriat, magistratura va doktoranturaga yuborish ko‘lami 2 martaga oshiriladi.

Jismonan yetuk va barkamol avlodni tarbiyalash, bundan buyon ham ustuvorligini yo‘qotmaydi. Shu borada Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha har ikki yilda o‘tkaziladigan umumrespublika sport o‘yinlari – Milliy olimpiada tizimi joriy etiladi.

Yangi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim maktablari, oliy o‘quv yurtlari, nufuzli xorijiy universitetlarning filiallari, zamonaviy IT-parklar, madaniyat muassasalari va sport inshootlari, mutlaqo yangi namunadagi ta’lim maskanlari — «Prezident maktablari», «Temurbeklar maktabi», «Ijod maktablari» bugungi globallashuv sharoitida raqobatga qodir bo‘lgan yetuk kadrlarning yangi avlodini tarbiyalashga xizmat qiladi.

Dasturdagi yoshlar yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar ko‘lami jihatidan shu darajada kattaki, uni amalga oshirishda nomzodimizdagi shijoat va siyosiy iroda bunga bas kela oladi. Buni ishonch bilan ayta olaman!

Shu o‘rinda, biz yoshlarning zimmamizda ham katta ma’suliyat turadi. U ham bo‘lsa, bir g‘oya atrofida birlashib, jipislashib, bir oila kabi inson qadri ulug‘lanadigan yurt taqdiri uchun dahldorlik hissini tuysak va shunga munosib harakat qilsak bo‘lgani.

J.Jalolov,

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi

yoshlar ishlash bo‘limi mudiri

 

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    594
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Ziyoviddin2022-02-18 08:55:45

Yahshi zor imkonyatlar


Fikringizni qoldiring

+