Ma’naviy taraqqiyot uchun ovoz beramiz!

28.09.2021, 16:10

Ma’naviy taraqqiyot uchun ovoz beramiz!

Shavkat Mirziyoyevning Toshkent viloyatidagi ishonchli vakili Ra’no Turdiboyeva Ohangaron shahridagi Bolalar musiqa va san’at maktabiga tashrifi doirasida yoshlar bilan ham uchrashdi.

Yoshlar bilan o‘ta samimiy ruhda kechgan suhbatda so‘nggi besh yilda yurtimizda bolalar musiqa va san’at maktablarida ta’lim-tarbiya berish sifatini yangi bosqichga ko‘tarishda qator izchil islohotlar amalga oshirilgani haqida fikr yuritdi.

Shavkat Mirziyoyevning inson qadr-qimmati ulug‘langan saylovoldi dasturining “Madaniy-ma’naviy taraqqiyot sari” nomli bandi bilan atroflicha tanishtirdi.

Yangi O’zbekistonni yuksak madaniyat va ma’naviyatga ega bo‘lgan, erkin va baxtli insonlar yashaydigan mamlakatga aylantirish uchun “Yangi O’zbekiston – ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasi va uni amalga oshirish milliy dasturi ishlab chiqilishi belgilangani borasida ma’lumot berdi.

Yoshlarni saylovlarda faol qatnashishga undarkan, mamlakat yoshlarining taqdiriga befarq bo‘lmagan, mamlakatni ma’naviy jihatdan taraqqiy ettirish yo‘lidan ildam yetaklaydigan yetuk siyosatchi Shavkat Mirziyoyev nomzodiga ovoz berishga chaqirdi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    256
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+