Xalqchil, insonparvar davlat uchun ovoz beramiz!

28.09.2021, 16:13

Xalqchil, insonparvar davlat uchun ovoz beramiz!

O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga O’zLiDeP dan nomzod Shavkat Mirziyoyevning Toshkent viloyatidagi ishonchli vakili Ra’no Turdiboyeva saylovoldi tashviqotlar haftasini Olmaliq shahridan boshladi.

Shavkat Mirziyoyevning Toshkent viloyatidagi ishonchli vakili Ra’no Turdiboyevaning saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvi Olmaliq shahrining “Metallurg” madaniyat saroyining katta yig‘inlar zalida tashkil etildi.

Ishonchli vakil nomzodning hayot yo‘li, mehnat faoliyati, insoniy sifatlari haqida fikr yuritarkan, uning insonparvar, g‘amxo‘r rahbar ekanini e’tirof etdi.

Nomzodning saylovoldi dasturi va undan joy olgan har bir bandni birma-bir, batafsil sharhlab berdi. Ayniqsa, kambag‘allikni tugatish masalalariga jiddiy e’tibor qaratib, inson qadrini yuksaltirish maqsadida Yangi O’zbekiston strategiyasini ishlab chiqqanini ta’kidladi.

Saylovoldi tashviqot uchrashuvida so‘zga chiqqanlarning barchasi ro‘y bergan yangilanishlar, bunyodkorliklar to‘g‘risida to‘lqinlanib gapirishdi. Buning tag zamirida so‘nggi besh yilda yurtimizda olib borilgan oqilona siyosatning natijasi yotganini e’tirof etishdi.

Ayniqsa, Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlari, o‘zlarining iqtidor va salohiyatlarini ro‘yobga chiqarish masalalari ustuvor vazifa etib belgilangani otalarcha g‘amxo‘rlik namunasi ekanini alohida qayd etishib, unga ishonch bilan ovoz berishlarini aytishdi.

Partiya nomzodining Toshkent viloyatidagi ishonchli vakili Ra’no Turdiboyeva barchani inson qadrini ulug‘lash yo‘lida olib borilayotgan islohotlarning asoschisi Shavkat Mirziyovga ovoz berishga chaqirdi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

matbuot kotibi

Teglar
  • Ko'rildi
    318
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+